Kiyevning pozitsiyasi «juda oşkora: biz barça tafsilotlarni, har bir faktni aniqlaşga intilamiz», dedi davlat rahbari vatandoşlariga keçki videomurojaatida. 

U Ukraina tomoniga Kiyev hamkorlari va portlaş sodir bölgan joydagi ma’lumotlardan foydalaniş imkonini taqdim etişga çaqirdi. 

Şu bilan birga, Ukrainadan olingan barça ma’lumotlar öz şeriklariga «töliq beriladi», dedi Zelenskiy.

15 noyabr kuni Ukraina bilan çegaradan 10 km uzoqlikda joylaşgan Polşaning Pşevoduv qişloği hududiga raketa qulaşi oqibatida ikki kişi halok böldi. 

Ukraina prezidenti Rossiya raketasi Polşaga qulaganiga işonç bildirdi. Polşa prezidenti Anjyey Duda portlagan raketa Ukraina havo hujumidan mudofaa tizimiga tegişli bölişi mumkinligini aytdi. 

NATO boş kotibi Yyens Stoltenberg brifingda voqea yuzasidan suriştiruv davom etayotganini va yakuniy natijalarni kutiş kerakligini aytdi. Uning qöşimça qilişiça, hodisaga, dastlabki ma’lumotlarga köra, Rossiya raketalariga qarşi Ukraina havo mudofaasidan foydalanilgani sabab bölgan. 

«Ammo men aniq aytmoqçimanki, bu Ukrainaning aybi emas. Rossiya Ukrainaga qarşi noqonuniy uruşni davom ettirayotgani uçun töliq javobgarlikni öz zimmasiga oladi», deb ta’kidladi Şimoliy Atlantika alyansi boş kotibi.

Bundan oldin Polşa Taşqi işlar vazirligi Rossiya elçisi Sergey Andreyevni Polşaning Ukraina bilan çegaradoş Pşevoduv qişloğida yuz bergan portlaş munosabati bilan çaqirtirgandi.