Avvalroq, Kun.uz’da Qarşi şahar prokuraturasining deputatni daxlsizlik huquqidan mahrum qiliş haqidagi taqdimnomasi şahar kengaşi tomonidan rad etilgani haqida xabar berilgandi. Qaşqadaryo viloyat prokuraturasi matbuot xizmati deputat qanday jinoyatni sodir etganlikda gumonlanayotganini oçiqladi.
Ma’lum qilinişiça, hukumatning 2020 yil 10 yanvardagi 16-sonli Qaroriga asosan Respublika ixtisoslaştirilgan Onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Qaşqadaryo filiali va “Obmur” MÇJ örtasida issiq oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlaş maqsadida autsorsing xizmati uçun şartnoma tuzilgan.
Mazkur şartnomaga asosan “Obmur” MÇJ tomonidan filialdagi bemorlarga 2020, 2021 va 2022 yilning ötgan 4 oyi davomida autsorsing xizmati asosida tayyor issiq oziq-ovqat mahsulotlari tarqatilgan.
Öşa davrlardagi taomnomalar bilan hisob-fakturalarni taqqoslab, bank hisob-varaqasiga asosan tahlil qilinganda amalda taomnomadagi haqiqiy xarajatlarga nisbatan ortiqça xarajatga yöl qöyilib, filial mansabdor şaxslari va boşqalar tomonidan budjet mablağlari talon-toroj qilingani aniqlangan.
Şundan söng filial hamda Qarşi şahridagi “Obmur” MÇJ mansabdor şaxslariga nisbatan Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoiy iş qözğatilgan.
Mazkur jinoyat işi yuzasidan aniqlangan 198 mln söm pul mablaği naqd pul körinişida viloyat prokuraturasi depozit hisob raqamiga undirilişi ta’minlangan.
2022 yil 2 noyabr kuni Respublika ixtisoslaştirilgan Onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Qaşqadaryo filiali sobiq boş şifokori, deputat Adham Parmonovni jinoiy javobgarlikka tortişga, ehtiyot çorasi tanlaş va daxlsizlik huquqidan mahrum qilişga rozilik oliş töğrisida Xalq deputatlari Qarşi şahar Kengaşiga taqdimnoma kiritilgan.
2022 yil 16 noyabr kuni xalq deputatlari Qarşi şahar kengaşi şahar prokuraturasining taqdimnomasini körib çiqqan va u böyiça qaror qabul qilgan. Qarorda Qarşi şahar prokuraturasining deputat A.Parmonovni javobgarlikka tortişga, ehtiyot çorasi tanlaş va daxlsizlik huquqidan mahrum qilişga rozilik oliş haqidagi taqdimnomasi rad etilgan.












