Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qarshi shahar prokuraturasining deputatni daxlsizlik huquqidan mahrum qilish haqidagi taqdimnomasi shahar kengashi tomonidan rad etildi
Ma’lum bo‘lishicha, Qarshi shahar prokuraturasi tomonidan 2022 yil 2 noyabr kuni xalq deputatlari Qarshi shahar kengashiga deputat Adham Parmonovni jinoiy javobgarlikka tortishga, ehtiyot chorasi tanlash va daxlsizlik huquqidan mahrum qilishga rozilik olish to‘g‘risida taqdimnomasi kiritilgan.
2022 yil 16 noyabr kuni xalq deputatlari Qarshi shahar kengashi shahar prokuraturasining taqdimnomasini ko‘rib chiqqan va u bo‘yicha qaror qabul qilgan.
Qarorda Qarshi shahar prokuraturasining deputat Adham Parmonovni javobgarlikka tortishga, ehtiyot chorasi tanlash va daxlsizlik huquqidan mahrum qilishga rozilik olish haqidagi taqdimnomasi rad etilgan. Qaror e-qaror.gov.uz portaliga joylangan.

«Qarshi shahar prokuraturasiga xalq deputatlari Qarshi shahar kengashi deputati Parmonov Adham Xolmurodovichni jinoiy javobgarlikka tortishga, ehtiyot chorasi tanlash va daxlsizlik huquqidan mahrum qilishga rozilik berilmasin», deyiladi qarorning uchinchi bandida.
Mavzuga oid
11:10 / 23.06.2026
Qarshida hokim yordamchisi imtiyozli kredit evaziga 200 dollar so‘ragan vaqtda ushlandi
09:31 / 13.06.2026
Ishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan “soxta prokuror“ ushlandi
08:30 / 05.03.2026
Dehqon bozorlarida savdo nuqtalarini noqonuniy sotish holatlari fosh etildi
12:31 / 03.03.2026