Emiliano Martines, Argentina
7 öyin, 690 daqiqa, 8 gol ötkazgan, 1 sariq kartoçka

Turnirning eng yaxşi darvozaboni böliş uçun ikki da’vogar bor edi: xorvatiyalik Dominik Livakoviç va argentinalik Emiliano Martines. Ularning ikkisi ham fantastik öyin namoyiş etişdi, köplab ajoyib seyvlar bilan yodda qolişdi, jamoalarini ikkita penaltilar seriyasidan olib ötişdi. Hal qiluvçi öyin startiga qadar aynan xorvatiyalik posbon favorit edi, ammo Martines finalda 120+3-daqiqadagi afsonaviy seyvi va 11 metrlik zarbalar seriyasidagi qahramonligi evaziga oltin medalni qölga kiritgaç, argentinalik eng yaxşi darvozabon deb topilişi mantiqiy.
Aşraf Hakimi, Marokaş
7 öyin, 633 daqiqa, 1 uzatma

Marokaş termasi futbolçilari nafaqat bir boş baland sakraşdi, balki kosmosga parvoz qilişdi. Ular uçun törtinçi örin oltin medallarga teng, şu tufayli tarkibning bir qança futbolçilarini ajratib körsatiş mumkin. Hakimi — turnir qahramonlaridan biri bölgani aniq. «PSJ» himoyaçisi barça öyinlarda boşlanğiç tarkibda öynadi, çap qanotda Perişiç, aka-uka Azarlar, Olmo, Joau Feliş va hatto Mbappe (Kilian yarimfinalda alohida ajralib turmadi)ga öyin bermadi. 1/8 finalda Ispaniyaga qarşi öyinda Hakimi penaltilar seriyasida sönggi zarbani aniq ijro etdi.
Romen Saiss, Marokaş
6 öyin, 468 daqiqa, 1 gol, 1 sk

Turnir boşlanguniga qadar «Beşiktoş»ning uşbu 32 yoşli himoyaçisi ramziy jamoaga kirişini tasavvur qilib bölmasdi, ammo turnir yakunlariga köra bu jamoani Marokaş sardorisiz tasavvur qiliş qiyin. Saiss arablar jamoasi yarimfinalgaça raqiblardan gol ötkazmasligida katta hissa qöşdi. Uning özi guruh bosqiçida Belgiya bilan öyinda ğalaba golini urdi. Agar Saiss jarohat olmaganida, Marokaş Fransiya bilan final uçun jangda iştirok etişi mumkin edi.














