«Biz bu öyinga yetib keliş uçun juda köp iş qildik. Biz ham, mamlakat ham. Ertaga nimalarga qodir ekanimizni körsatiş uçun ajoyib imkoniyat böladi. Oçilişdagi raqibimiz juda kuçli. Ekvador – yoş jamoa, ularda yangi avlod şakllana boşlagan. Biz birinçi marta mundialda öynayapmiz, ular uçun esa bu birinçisi emas. Ertangi öyinda Ekvador favorit», dedi murabbiy.
Sançesdan Qatar milliy jamoasi uzoq vaqt mamlakat taşqarisida maşğulot ötkaziş orqali mundialga tayyorlangani haqida ham söraşdi. Uning aytişiça, bu töğri yöl deb topilgan va milliy jamoa futbolçilari klubidan çaqirilib, alohida şuğullangan: «Bizning rejamiz jahon çempionati uçun raqobatbardoş jamoa tuziş edi. Bizda tanlov imkoniyati unçalik katta emas, boridan foydalanişga majburmiz. Futbolçilarning hammasi mahalliy ligada öynaydi. Ularni tayyorlaş yöllaridan biri sifatida mundialda öynaydiganlarni çempionatdan çiqarib oliş degan qarorga keldik. Albatta, futbolçilarimiz Bundesliga, APL va La Ligada öynasa qaniydi.
Ha, biz köp vaqtimizni safarda ötkazişga majbur böldik, lekin bu ham yigitlarimizning irodali ekanidan dalolat. Mening özim 16 yildan buyon Qatarda bölsam, ertangi öyin butun bosib ötgan yölimning kulminatsiyasi böladi. 16 yil avval JÇ oçiliş öyinidan oldin sizlarning oldingizda gapirib ötirişimni tasavvur ham qilmagandim», dedi Qatar ustozi.
Internetda Qatar mundial oçiliş öyini oldidan Ekvador futbolçilariga ular öyinni yutqazib berişi uçun pul taklif qilgani haqida miş-miş tarqaldi. Sançesdan bu haqda ham söraşdi: «Internet juda zör narsa, lekin undan töğri foydalansangiz. Agar undan yomon maqsadda foydalansangiz, u xavfli qurol. Qatar haqida turli xil iğvolar tarqatişmoqda, ular bölmagan gap ekanini ayta olaman xolos», dedi murabbiy.
Qatar ustozi iştirokidagi matbuot anjumani davomida qiziq voqea sodir böldi. Asli kataloniyalik bölgan Sançes Kataloniya radiosi jurnalistining savoliga katalon tilida javob berdi. Tarjimon esa faqat ispançadan tarjima qilişga moslaşgani sabab murabbiydan javobni ispan tilida takrorlaşni söradi. Ançadan buyon katalonça gapirmaganini aytib kulgan murabbiy bajonidil ispançada ham javobini takrorladi.
Ötkir Jalolxonov, Qatar.













