Tört nafar öng qanot himoyaçilari va Maguayr

Jon Stounz va Harri Maguayr. Foto: Global Look Press

Ötgan yil yozida, Yevro-2020 çempionati vaqtida barça Angliya tarkibiga faqat öng qanot himoyaçilari yiğilib qolgani kulgi ostiga olingandi. Öşanda zayavkaga Kayl Uoker, Kiran Tripper, Ris Jyeyms va Ben Uayt kiritilgandi. Çempionatga Trent Aleksandr-Arnold va Aaron Uan-Bissaka olib ketilmagandi. Öşanda Pep Gvardiolaning orzusi — boşlanğiç tarkibda 11 nafar yarimhimoyaçini tuşiriş bölsa, inglizlar boş murabbiyi Garet Sautgeytniki — 11 nafar öng qanot himoyaçisini tuşiriş ekanini aytib, hazil qilişgandi.

Bu safar Qatarga kelgan 26 nafar futbolçi orasida ham mudofaaning öng qanotida öynay oladigan futbolçilar yetarliça. Bular Uoker, Tripper, Trent, Uayt va ba’zida «Mançester Siti»da şu pozitsiyani yopadigan Jon Stounz. Lekin bu safar Angliyada JÇ-2022 uçun zayavka e’lon qilingaç, muhokamalar mavzusi markaziy himoya böldi. Boş murabbiy mundial uçun tarkibga Harri Maguayr va Erik Dayyerni olib, A Seriyada ötgan mavsumning eng yaxşi himoyaçisi bölgan «Milan» a’zosi Fikayo Tomori hamda sönggi bir yarim yilda «Kristal Pelas»da jiddiy ösişga erişgan Mark Guehini olib ketmayotgani e’tirozlarga sabab böldi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi jiddiy muhokamalar va ğazablanişlarni töğri tuşuniş mumkin. Maguayr uçun sönggi bir yarim yil — şunçaki dahşatli tuş. Iş şungaça borib yetdiki, bahorda terma jamoa muxlislari juda kuçsiz öyinlari tufayli 29 yoşli himoyaçiga huştakbozlik qila boşladi. U bu mavsumda «MYu» safida ham jarohat, ham juda yomon formasi tufayli deyarli öynamayapti, u jamoa markaziy himoyaçilari orasida Lisandro Martines, Rafael Varan va Viktor Lindelyofdan keyin törtinçi örinda: u barça turnirlar doirasida jami 612 daqiqa maydonda bölgan (APLda esa 4 öyinda 280 daqiqa öynagan).

Ammo, aftidan Satugeytning Maguayrga işonçi çegarasiz. Himoyaçi joriy yilda Millatlar ligasida beşta öyinda ham töliq öynadi.

Boş murabbiy bu boradagi qarorini aniq va qat’iy qilib izohladi: «Biz mudofaadagi yoş futbolçilarimiz yoşi katta jamoadoşlarini tarkibdan siqib çiqariş uçun yetarli darajada iş qildi deb öylamaymiz. Ha, işonçim komil, Maguayr eng yaxşi markaziy himoyaçilardan biri».

Sautgeyt öz tanlovida öta konservativ. JÇ-2022 uçun 26 kişilik zayavkadan bir yarim yil oldingi Yevropa çempionatiga jalb etilgan 20 futbolçi örin oldi. Bu safar ikki zaxira darvozabonlari (Din Henderson va Sem Jonston), markaziy himoyaçi Tayron Mingz, qanot himoyaçilari Ben Çiluell va Ris Jyeyms (ular boşlanğiç tarkib futbolçilari edi, ammo jarohat tufayli mundialda iştirok eta olmaydigan bölişdi), şuningdek, hujumkor futbolçilar Jyeydon Sanço va Dominik Kalvert-Lyuin yakuniy tarkibdan tuşib qolişdi.

Qatarga hatto Kelvin Fillips ham olib kelindi, u Yevro-2020 çempionatida kuçli öyin namoyiş etgan, ammo bu yozda «Lids»dan «Mançester Siti»ga ötib, asosiy vaqtni davolaniş bilan ötkazdi (u barça turnirlar doirasida 4 öyinda zaxiradan maydonga tuşib, 53 daqiqa öynagan).

«Kelvin yetti öyin davomida 90 daqiqadan öynay olmasligi aniq. U bilan biroz tavakkalçilik qildik. Ha, biz uning jismoniy formasini yaxşilaşimiz kerak, ammo bizda maydon markazi uçun variantlar köp emas. Şu tufayli, biz bu qarorni tavakkalçilikka arziydi deb hisoblaymiz», — deya izohladi Sautgeyt.

Garet Sautgeyt. Foto^ AFP

Yevro-2020 konspekti böyiça

Angliya milliy jamoasining bir yarim yil oldingi Yevro-2020 turniridagi iştiroki — sovuqqonlik va matematik hisob-kitoblarga asoslangan ehtiyotkorona uslub bölgandi. Bu hatto finalda öyindan keyingi 11 metrlik zarbalar seriyasida ijroçilarni tanlaşda ham tatbiq etildi, murabbiy penalti tepişi uçun ikki futbolçi - Markus Reşford va Jyeydon Sançoni tuşirgandi, ammo ular işonçni oqlamadi. Aftidan, bu safar ham «uç şerlar» şu yöldan yurişga tayyorlanmoqda. Kamida JÇ-2022 uçun tanlangan tarkib şundan darak beradi.

Bu safar turnirga tayyorgarlik köriş uçun vaqt deyarli bölmadi. 13 noyabr kuni — APLda sönggi öyinlar ötkazildi, 21 noyabr kuni esa Angliya guruh bosqiçining birinçi öyinini Eronga qarşi ötkazadi. Yiğiliş, uçib boriş, barça zarur tadbirlardan ötiş — eng yaxşi holatda tayyorgarlik köriş uçun beş kun vaqt bölardi. Keyin esa har uç-tört kunda öynaşga töğri keladi. Yaxşi tomoni, Qatarda uzoq safarlar bölmaydi, barça öyinlar bir şaharda bölib ötadi.

Sautgeyt tarğib etayotgan maksimal ehtiyotkorlikka asoslangan holda, u bunday şaroitda faqat sinovdan ötgan, özaro öynaş könikmasiga ega bölgan futbolçilarga işonç bildirişini taxmin qiliş mumkin. Agar odatiy şaroitlar bölganida, ya’ni tayyorgarlik va maşğulot yiğinlari uçun ikki-uç hafta vaqt ajratilganida, Tomori singari futbolçilarda tarkibdan joy oliş uçun imkon köproq bölardi, ammo hozir emas. Zayavkada Fillipsga joy berilganini ham şu nazariya bilan izohlaş mumkin.

Angliyalik taktik guru Maykl Koks ham şu mantiqni qöllab-quvvatlaydi, u The Athletic naşrida e’lon qilingan katta materialida jahon çempionatida ğolib çiqiş uçun şartlarni keltirib ötgan. Uning tezislaridan biri şunday: «Futbolçilarning hozirgi formasiga emas, ular qançalik sinovdan ötganiga qarang».

 

Keyn muammosi

Harri Keyn. Foto Reuters

Biroq, bir kişi borki, uning formasiga Angliyada barça taşviş va xavotir bilan qaramoqda. Bu Harri Keyn — sardor va milliy jamoadagi muhim figura. U nafaqat töpurar hujumçi, balki aqlli pleymeyker hamdir.

Va gap gollar sonida emas, «Tottenhem» forvardida, agar şunçaki statistikaga qaralsa, bu borada muammo yöq. Keyn joriy mavsumda «şporlar» safida 13 gol urişga erişdi (12 tasi APLda va Çempionlar ligasida bitta), şuningdek Angliya milliy jamoasi uçun gollari sonini bittaga oşirib qöydi. Premer-ligada undan köproq faqat Erling Holand gol urgan.

Muammo boşqa tomonda. Keyn, agar klub va terma jamoadagi öyinlar birga hisoblansa, bu mavsumda 24 öyinda jami 2117 daqiqa maydonda böldi. Ötgan hafta örtalarida «Tottenhem» Angliya ligasi kubogi doirasida «Nottinghem Forrest»ga qarşi boşlanğiç tarkibda maydonga tuşdi va forvard 59-daqiqada almaştirildi. Keyn heç qaçon bu qadar erta maydondan olinmagandi va bu vaqtda hali öyin taqdiri hal bölmagandi.

Öyindan keyin «şporlar» boş murabbiyi Antonio Konte öz jamoasi yetakçisi haqida gapirar ekan, Keyn — ajoyib inson va hamişa jamoaga yordam berişni istaydigan namunali professional ekani, ammo u toliqqani haqida aytdi. Italiyalik mutaxassis hatto «holdan toygan» iborasini qölladi. «Bilasizmi, biz keça yengil tiklaniş maşğulotlarini ötkazgandik va maşqlardan birini bajariş vaqtida u töxtab, tanaffus qilişni söradi», — degandi Konte.

Uning sözlari qörqinçli eşitiladi. Çindan ham, 19 oktyabrdan keyingi yetti öyinda Keyn atigi ikki gol urgan. JÇ-2022 uçun tanaffusdan oldingi oxirgi öyinda u «Lids»ga gol urdi, ammo u öşa öyinda ham tetik va öziga işongan körinmayotgandi.

Şunday ekan, Sautgeytning yaqin kunlar uçun asosiy vazifasi  — öz jamoasi sardorining formasini tiklaş böladi. Lekin buning uçun aytarli vaqt yöq. Qolaversa, Angliyada bu safar guruh ança kuçliroq. AQŞ, Uels va Eron — tört yil oldingi Belgiya, Panama va Tunisdan iborat guruhdan ança farq qiladi. Angliya milliy jamoasining bu turnirdagi istiqboli murabbiylar ştabining yeçimlariga boğliq böladi.

Angliya termasining JÇ-2022 uçun tarkibi

Darvozabonlar: Jordan Pikford («Everton»), Nik Poup («Nyukasl»), Aaron Remsdeyl («Arsenal»).
Himoyaçilar: Trent Aleksandr-Arnold («Liverpul»), Konor Koadi («Everton»), Erik Dayyer («Tottenhem»), Harri Maguyar, Lyuk Şou (ikkisi ham — «Mançester Yunayted»), Jon Stounz, Kayl Uoker (ikkisi ham — «Mançester Siti»), Kiran Tripper («Nyukasl»), Ben Uayt («Arsenal»).
Yarimhimoyaçilar: Jud Bellingem («Borussiya» Dortmund, Germaniya), Jordan Henderson («Liverpul»), Meyson Maunt, Konor Gallaher (ikkisi ham — «Çelsi»), Kelvin Fillips («Mançester Siti»), Deklan Rays («Vest Hem»).
Hujumçilar: Fil Foden, Jyek Griliş, Rahim Sterling (barçasi — «Mançester Siti»), Harri Keyn («Tottenhem»), Jyeyms Meddison («Lester»), Markus Reşford («Mançester Yunayted»), Bukayo Saka («Arsenal»), Kallum Uilson («Nyukasl»).

Eronga qarşi öyin uçun boşlanğiç tarkib: