Angliya va Ispaniya öyinida şou, Qozoğiston durang bilan boşladi
|13:21 / 27.09.202619 60413 min
Şanba oqşomida Millatlar ligasida guruh bosqiçi 1-tur uçraşuvlari davom ettirildi. Harri Keyn Ispaniyaga penaltidan gol urolmadi, 41 yoşli Modriç Xorvatiya uçun gol urişda, 37 yoşli Perişiç golli pas berişda davom etmoqda.
Foto: Carl Recine/Getty ImagesFoto: Carl Recine/Getty Images
Ispaniya Angliyaga qarşi keçgan yorqin öyinda ğalabani öz tomoniga oğdira oldi. Amaldagi jahon çempionlari 2-daqiqadayoq hisobni oçişdi: «Siti» himoyaçisi Mark Geyi qöpol xatoga yöl qöydi va Lamin Yamal bundan foydalandi.
Bu ispanlar uçun rasmiy öyinlarda 2005-yil oktabridan buyon urilgan eng tezkor gol böldi, öşanda Antonio Lopes JÇ-2006 saralaşi doirasida San-Marino darvozasini 53-daqiqada işğol etgandi. Bu şuningdek «Uembli»da mehmon jamoalar 1957-yildan buyon urgan eng tezkor gol böldi, öşanda şotlandiyalik Tommi Ring Angliyaga qarşi öyinning 1-daqiqasida hisobni oçgandi.
Köp ötmay Ferran Torres ham gol urdi, ammo u ofsaydda qolgani maʼlum böldi. Tanaffus arafasida esa inglizlar öyinni kuçaytirişdi: 36-daqiqada avvaliga Entoni Gordon hisobni tenglaştirdi, tört daqiqa ötib Harri Keyn jamoasini oldinga olib çiqdi.
Ikkinçi bölim boşida Angliya oradagi töp farqini oşirib qöyişi mumkin edi. Jud Bellinghem jarima maydoni içida Rodri bilan kontaktdan keyin yiqildi. Öyin boş hakami Davide Massa avvaliga folni qayd etmagandi, keyin esa VAR aralaşuvi bilan penalti belgilandi.
Ammo zarba beriş çoğida Keyn toyib ketdi, töp esa tösinga uçib bordi.
Bu öyinning hal qiluvçi lahzasi edi, öyinda intrigani saqlab qolgan ispanlar yana ikkita gol urişdi. Keynning muvaffaqiyatsiz zarbasidan beş daqiqa ötib zaxiradan öyinga qöşilgan Aleks Baena hisobni tenglaştirdi. Zaxiradan tuşgan yana bir futbolçi Mikel Oyarsabal 74-daqiqada ğalaba golini urdi – 3:2.
Mavzuga oid
Ispaniya qatorasiga 39 öyinda asosiy vaqtda yutqazmayapti va bu rekord körsatkiç hisoblanadi (ispanlar yozda JÇ finalida mağlubiyatsiz öyinlari seriyasini 38 taga yetkazib, rekord örnatgandi). Uşbu seriya 2024-yil martidan buyon davom etib kelmoqda. Jamoaning sönggi mağlubiyati Kolumbiyaga qarşi örtoqlik uçraşuvida röy bergandi (0:1). Şuningdek, 2025-yilda Millatlar ligasida Portugaliyadan mağlub bölingan, ammo öşanda öyin penaltilar seriyasigaça borgandi (2:2, 3-5).
Ispaniya sönggi 13 öyinda ilk bor bir öyinda bittadan ortiq gol ötkazib yubordi. Ispanlar oxirgi bor 2025-yil noyabrida JÇ-2026 saralaşi doirasida Turkiyadan ikki gol ötkazib yuborgandi (2:2).
14 yildan keyin Xorvatiya milliy jamoasi boş murabbiyi lavozimiga qaytgan Slaven Biliç öz rasmiy debyutida Baturindan foydalana olmadi, «Komo» futbolçisining tana harorati kötarilib ketgan va u faqat keyingi turda Ispaniyaga qarşi öyinga tayyor böladi. Lekin şu kuni keksalik bilmas 41 yoşli Luka Modriç maydonda edi. Aynan u ikkinçi bölim boşida jarima maydoni taşqarisidan yöllagan kuçli zarbasi bilan hisobni oçdi. U yozda milliy jamoadagi faoliyatini yakunlaş haqida öylayotgandi, lekin hamon jamoaga foyda keltirişda davom etmoqda.
Ammo 2024-yil Ispaniya olimpiya jamoasi bilan Olimpiada ğolibligini qölga kiritgan Santiyago Deniya boşqaruvida yangi davrni boşlagan Çexiya taslim bölmadi va hisobni tenglaştirdi. Bu golli hujumda avvaliga Gvardiol, keyin Vuşkoviç navbati bilan xatoga yöl qöydi va Adam Karabets darvozabon bilan yakkama-yakka vaziyatga çiqib ketdi. Xorvatlar yana bir gol ötkazib yuborişi mumkin edi, ammo Radosta qulay vaziyatdan töğri zarba bera olmadi. Keyin esa xorvatlar vaziyatdan foydalaniş böyiça dars ötişdi va Marko Paşaliç tarkibdagi yana bir keksalikni tan olmaydigan futbolçi Ivan Perişiçning uzatmasidan ğalaba golini urdi.
29-sentabr. Ispaniya – Xorvatiya, Çexiya – Angliya.
Şotlandiyada ham Stiv Klarkning yetti yillik boşqaruvidan keyingi davr boşlandi. Jamoani 28 yil içida ilk bor mundialga olib çiqqan uşbu mutaxassis guruhdagi muvaffaqiyatsizlikdan keyin isteʼfo bergandi. Endi uning örniga şotlandlarni Sebastiyen Pokonioli boşqarmoqda. Ammo uning boşqaruvidagi ilk öyinda jamoaga Skott Maktominay yetişmadi. Sloveniya ham şu kuni asosiy hujumçisi Şeşkosiz harakat qildi. Natijada öyinda muxlislar gol körişmadi – 0:0. Şotlandlar nisbatan yaxşiroq öynaşdi va 17 bor zarba berişdi (slovenlarda atigi 4 ta). Öz maydonida öynagan Sloveniya faqat Yan Oblakning seyvlari (5 ta) evaziga oçko olişga muvaffaq böldi.
Şotlandlar va slovenlar örtasidagi durang guruh favoriti Şveysariya foydasiga işladi. Uşbu jamoa safarda ikki yetakçisisiz öynaşiga töğri keldi – öz vaqtida koronavirusga qarşi emlangani töğrisida soxta maʼlumot taqdim etgan Jaka va Embolo jamoadan çetlatilgan. Lekin ularning yöqligi Murat Yakin jamoasiga öyinni töliq nazorat qilişga tösqinlik qilmadi. Jamoa hujumçisi Amduni avvaliga Froylerga golli uzatma berdi, keyin esa şu kuni milliy jamoada debyutini amalga oşirgan Atekamening pasini golga aylantirdi. Öyinda hisob birinçi bölimdayoq yirik köriniş olişi mumkin edi, ammo Ndoyening zarbasidan keyin darvozabon Dmitriyevski qahramonlik körsatdi. Ikkinçi bölimda Amduni baribir hisobni yirik körinişga keltirdi. «Byornli» forvardi yana jarima maydoni markazida töpni Atekamedan qabul qilib olib, bir harakat bilan himoyaçini aldadi va töpni burçakka aniq yönaltirdi.
Albaniya Belarusni öz maydonida mağlub etdi. Öyin birinçi bölimdayoq hal böldi: avvaliga Kristyan Aslani penaltidan hisobni oçdi, birinçi bölimga qöşib berilgan daqiqalarda Ernest Muçi öyin taqdirini hal qildi. Belarus milliy jamoasi yangi boş murabbiyi Viktor Gonçarenko ilk rasmiy öyinida mağlubiyatga uçradi – bungaça uning şogirdlari törtta örtoqlik uçraşuvidan uçtasida ğalaba qozonib, bittasida durang öynagandi.
Finlandiya safarda San-Marinoni ayab ötirmadi – 7:0. Faoliyatini Italiyaning «Palermo» klubida ötkazayotgan Yoel Poxyanpalo het-trikka erişdi, «Los-Anjeles» futbolçisi Leo Valtada – 2+1, «Heken» klubi aʼzosi Adrian Svanbekda – 1+2. Mezbonlar öyinning 51-daqiqasidan ozçilik bölib öynaşdi: Alessandro Golinuççi maydondan çetlatilganida hisob 0:4 körinişiga kelib bölgandi.
29-sentabr. Finlandiya – Belarus, San-Marino – Albaniya.
Qozoğistonda yana qayta quriş ketmoqda. 2026-yilgi JÇ saralaşining ikkinçi qismida yaxşi işlagan Talgat Baysufinov şu yil yozda yetarliça qöllab-quvvatlov bölmagani holda murabbiylar ştabidan maksimal natija talab qiliş töğri emasligini aytib, isteʼfoga çiqdi. Keyin esa federatsiya köpçilikni ajablantirgan holda uning örniga Yon vanʼt Sxipni tayinladi: uşbu niderlandiyalik mutaxassis bungaça Armaniston milliy jamoasi boşqaruvida muvaffaqiyatsizlikka uçrab, tayinlanganidan yarim yil ötganida işdan böşatilgan, bunga qatorasiga tört öyindagi oğriqli mağlubiyatlar sabab bölgandi.
Uşbu mutaxassis öz debyut öyinida ğalabaga erişa olmadi. Farer orollariga qarşi öyin raqibning tezkor goli bilan boşlandi. Samuelsen bir teginişda töpni töqqizlikka joyladi, ammo bölim oxirida Yerlanov Islamxan burçakdan oşirgan töpga aniq zarba berib, hisobni tenglaştirdi. Ikkinçi bölimda qozoğistonliklar durangni qöldan çiqarişi mumkin edi, ammo darvozabon Stas Pokatilov bir neça marta, jumladan, yakkama-yakka vaziyatda qutqardi.
Slovakiya Moldovani osonlik bilan taslim etdi – 2:0. Bunda mezbonlarga standart vaziyatlar qöl keldi: Ivan Şrans 32-daqiqada burçak zarbasidan keyin hisobni oçdi, 40-daqiqada Ondrey Duda penaltini aniq ijro etdi. Slovaklar şu kuni faolroq öynadi va ğalabaga haqli edi.
Bolgariya – Lyuksemburg 1:2 Gollar: Çandarov, 18 (1:0). Barreyru, 37 (1:1). V. Till, 65 (1:2) Bolgariya: Naumov, K. Dimitrov, T. Ivanov (Velkov, 82), Velkovski, Turitsov, Gruyev, Çandarov (Minçev, 56), Senov (Panayotov, 68), Z. Dimitrov (M. Petkov, 68), Rusev (St. Ivanov, 46), L. Petkov Lyuksemburg: Mori, Maxmutoviç, Karlson, Bonert, Yans, Moreyra (Gonsalveş, 90+2), Barreyru, Sinani (Rupil, 46), Dardari (S. Till, 83), V. Till (Olesen, 72), Kadamani (Videyra, 83) Ogohlantirişlar: L. Petkov, 28. Senov, 35 – Moreyra, 45. Karlson, 83
Lyuksemburg Bolgariya bilan öyinda buriliş yasadi – 2:1. 18-daqiqada Asen Çandarov mezbonlarni hisobda oldinga olib çiqqandi, ammo stadionga yiğilgan muxlislar mehmonlarning kambekiga guvoh bölişdi. Bölim oxirlarida «Benfika» yarimhimoyaçisi Leandro Barreyro şerigi bilan devor uslubida öynab, muvozanatni tikladi, ikkinçi bölimda esa Vensan Till burçak töpidan keyin ğalaba golini urdi. Lyuksemburg darvozaboni Antoni Moris şu kuni oltita seyv amalga oşirib, ğalabaga öz hissasini qöşdi.
Islandiya Estoniya bilan durangga erişdi – 1:1. Birinçi bölim oxirida qanotdan oşirilgan behisob uzatmalar nihoyat foyda keltirib, Andri Gudyonsen hisobni oçgandi. 64-daqiqada esa mehmonlar himoyaçisi Maksim Paskoçiy xuddi şunday vaziyatda özini körsatdi. Estonlar şu kuni ğalaba qozonişi ham mumkin edi, ammo hisob 0:1 ekanida yarimhimoyaçi Kevor Palumets penaltini yöqqa çiqardi – mezbonlar darvozaboni Xaukon Valdimarsson burçakka yöllangan zarba yönalişini topdi.
29-sentabr. Lyuksemburg – Islandiya, Bolgariya - Estoniya.