Jizzax viloyati IIB axborot xizmatining xabar berişiça, 2022 yil 13 aprel kuni Foriş tumanidagi “Egizbuloq” MFYga qaraşli Köktepa hududidagi fermer xöjaliklarining birida uç nafar çöpon örtasida boşlangan janjal qotillik bilan tugagan.

Çöponlardan birining  uyida vaqtinça yaşab, çöponlik qilib kelayotgan, 1977 yilda tuğilgan fuqaro M.Ğ. uşbu hududda çöponlik qilib kelayotgan tanişi, 1977 yilda Paxtakor tumanida tuğilgan J.X. va 1973 yilda şu tumanda tuğilgan X.X. bilan spirtli içimlik iste’mol qilib ötirganda örtalarida janjal kelib çiqqan.

Oqibatda, M.Ğ. mast holatda yonida bölgan oşxona piçoği bilan J.X. va X.X.larning kökrak qafasiga bir neça marta tan jarohati yetkazib, ularni qasddan öldirib, voqea joyidan yaşiringan.

Şundan söng gumonlanuvçi protsessual tarzda uşlangan va unga nisbatan qamoqqa oliş ehtiyot çorasi qöllangan.

Jinoyat işlari böyiça Zafarobod tuman sudida mazkur jinoyat işi körib çiqilgan. Sud majlisida sudlanuvçi aybiga töliq iqror bölgan. Şuningdek, jabrlanuvçilarning qonuniy vakillari hamda guvohlarning körsatmalari tinglab körilgan.

Ma’lum bölişiça, sudlanuvçi avvalroq, 2001 va 2007 yillarda öğirlik jinoyatini sodir etib, jazo muddatini ötagan. 2010 yilda esa Jinoyat kodeksining 60 va 61-moddalariga asosan 10 yil-u 3 oy muddatga ozodlikdan mahrum etilgan.

Jinoyat işi böyiça töplangan, sud muhokamasida tekşirilgan dalillar asosida sud hay’ati sudlanuvçiga yengillaştiruvçi va oğirlaştiruvçi holatlarni inobatga olgan.

Sud ayblanuvçini Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi, a, v, j bandlari bilan aybdor deb topgan va unga umrbod ozodlikdan mahrum etiş jazosini bergan. Jazoni maxsus tartibli koloniyada ötaş tartibi belgilangan.