Noma’lum öğrilar Bavariyaning Manxing şahridagi Kelt-Rim muzeyiga kirişga muvaffaq bölişdi va u yerdan eng qimmatli eksponat – qiymati köp million yevroga baholangan 483 dona oltin tangani öğirlab ketişdi, deb xabar berdi 22 noyabr, seşanba kuni Bavariya jinoiy işlar böyiça yer boşqarmasi vakili.
Politsiya ma’lumotlariga köra, gap 20-asrda topilgan keltlarning eng katta oltin xazinasi haqida bormoqda. Umumiy oğirligi taxminan 4 kg bölgan tangalar 1999 yilda Rim imperiyasi davridagi Keltlar qal’asi bölgan Manxing oppidasi deb ataladigan qazişmalarda topilgan.
«Keltlar xazinasining yöqotilişi falokat, oltin tangalar esa tariximizning dalili sifatida almaştirib bölmaydigan narsadir», dedi Bavariya fan va san’at böyiça davlat vaziri Markus Blyume.
Manxing oppidasidagi qazişmalar avval ham jinoyat olamining e’tiborini tortgan. Faqat şu yilning may oyida noma’lum «qora arxeologlar» uning hududida 140 ta noqonuniy qazişmani amalga oşirdi. Mutaxassislarning fikriga köra, jinoyatçilar haqiqiy arxeologlarda dam oliş kunlari bölgan paytda, tuproq zondlari yordamida keltlar davri obektlarini qidirgan. Ular nimanidir topib, olib çiqişga muvaffaq bölganmi yoki yöqmi, bu noma’lum.
Biroq, öğrilar bir neça bor Germaniyadagi eng qimmatli muzey eksponatlarini olib çiqişga muvaffaq bölişgan. 2019 yilda Germaniyaning eng maşhur muzeylaridan biri bölgan Drezdendagi "Yaşil töplam"dan bir milliard yevrolik antiqa san’at asarlari va zargarlik buyumlari öğirlab ketildi. 2022 yil yanvar oyida olti nafar ayblanuvçi sudga tortildi, biroq zargarlik buyumlari qayerda ekanligi haqida hozirça ma’lumot yöq.
2017 yilning mart oyida Berlindagi Bode muzeyidan Britaniya qiroliçasi Yelizaveta II tasviri tuşirilgan «Katta zarang bargi» deb nomlangan 100 kilogrammlik oltin tanga öğirlab ketilgan edi. Tanganing qiymati 3,75 million yevroga baholanmoqda. Oxir-oqibat jinoyatçilar qölga olindi, tanganing özi topilmadi.












