Ketma-ket muvaffaqiyatsizliklardan keyingi turnir
Nemis futbolining sönggi ön yillikdagi eng yaxşi futbolçilaridan biri Roys terma jamoalar miqyosidagi navbatdagi yirik turnirni ötkazib yubormoqda. Va yana jarohat tufayli, Marko Yevro-2020 turniriga borişi mumkin edi, ammo öşanda u yangi mavsumga tiklaniş uçun tarkibga qöşilmaslikka qaror qilgandi. Hozirda barçaga tuşunarliki, unda endi boşqa imkoniyat bölmaydi, bu safargi jahon çempionati esa Noyyer va Myuller kabi tajribali futbolçilar uçun xayrlaşuv çempionati böladi. Ötgan yozda ularning avlodi vakillaridan yana ikki kişi, Kroos va Hummels asosiy jamoadagi faoliyatini yakunlagandi.
Nemislarning oltin avlodi ketmoqda, JÇ-2014 finalidagi gol muallifi bölgan Gyotse beş yillik tanaffusdan keyin jamoaga qaytarilgani şonli ötmiş bilan aloqa boğlaşga uriniş emas, balki porloq kelajakka köprik quriş istagiga öxşab körinmoqda. Bunday kelajakda jamoa ötgan safargi mundialdagi kabi guruhda oxirgi örinda qolmasligi yoki ötgan safargi Yevropa çempionatidagi kabi pley-offning ilk öyinidayoq turnirni tark etmasligi kerak. Öşa natijalar — nemislar öz tizimli yondaşuvini bugungi davrga moslaştira olmagani natijasi bölgandi. Ularda avlodlar almaşinuvi keçikdi, keyin esa qayta quriş boşlagan Yoaxim Lyov işdan böşatildi.
Albatta, Hansi Flikka jamoa juda yomon holatda meros qilib qoldirildi deyiş töğri bölmaydi, ammo nemislar jamoasida özgarişlar şamoli «Bavariya» bilan barça sovrinlarni (jumladan, YeÇL ğolibligi) yutgan murabbiy kelgaç esa boşladi. Lekin Flikni ham sehrgar deb bölmaydi. Aks holda Myunxenda unda ikkinçi mavsumda murakkabliklar yuzaga kelmagan, transferlar siyosatidagi kelişmovçilik tufayli klub rahbariyati bilan munosabatlar boşi berk köçaga kirib qolmagan bölardi.
Darvoqe, «Bavariya»ga Flik dastlab yoş futbolçilarni rivojlantiriş böyiça mutaxassis sifatida taklif etilgandi va u boş murabbiylikka tayinlangaç ham yoşlar uçun qöşimça maşğulotlar ötişda davom etdi. Şunday ekan, qayta quriş bosqiçidagi milliy jamoa uçun (vaqt çegaralangani inobatga olinganda ham) — Hansi ideal boşqaruvçiga aylandi. Lekin bu yerda vaziyat «Bavariya»dagi kabi emas. Hozirgi Germaniya — köproq kelajak uçun qurilayotgan jamoa, bu jamoa Qatarda toblanişi, Yevro-2024'da kamol topişi va undan keyingi jahon birinçiliklarida dahşatli kuçga aylanişi mumkin.

Eng yaxşi töpurarsiz
Umuman olganda, hozirda terma jamoada mamlakatning deyarli barça asosiy iste’dodlari jamlangan, faqat xoçsimon paylari yirtilib ketganidan keyin formasini tiklay olmagan Virs bundan mustasno. Havers hozir 23 yoşda. Şlotterbek — 22, Koçap va Adeyyemi — 20 yoş. Musiala — 19, Mukoko esa JÇ oçiliş kuni 18 yoşga kirdi. Mukokoning tarkibga jalb etilişi zayavkadagi asosiy syurpriz bölişi mumkin, lekin bu ham nisbiydir.
Uşbu futbolçi bu mavsumda çindan ham yaxşi öynamoqda, Dortmund klubida tajribali Modest bilan raqobatda yutib çiqdi. Albatta Vernerning jarohat olişi ham rol öynadi, u «Çelsi»da qulay vaziyatlardan yöqqa çiqariş orqali memlar qahramoniga aylangan bölsa-da, milliy jamoada töpurarlik qobiliyatini namoyiş etib, butun Germaniya ardoğida edi. Flik davrida «Leypsig»ga qaytgan Verner 15 öyinda maydonga tuşdi va tört parametr böyiça eng yaxşisi böldi: urilgan gollar (8), zarbalar (33), raqib jarima maydonida töpga teginiş (89) va kutilgan gollar soni (7,1).
Bunday körsatkiçlarga ega bölgan va jamoa tizimiga moslaşgan futbolçining safdan çiqişi — jiddiy zarba. Ammo aytiş kerakki, Vernerning jamoa uçun ahamiyati Kimmih yoki Ryudigernikiçalik emasdi. Nemislarda hujum çiziği baribir kuçli, Sane, Gnabri, Havers va yoşlar köp narsaga qodir. Musiala aql bovar qilmas mavsum ötkazmoqda va dunyoning eng yaxşi futbolçilaridan biriga aylanişni öz oldiga maqsad qilgan.
Ammo nemislarga yoşlik iştiyoqining özi yetarli böladimi? Jamoada faxriylarning katta tajribasi ham bor, ammo ikki yirik turnirdagi muvaffaqiyatsizlikdan keyin Germaniyaning turnirdagi istiqboli haqida aniq gap aytiş qiyin bölib qolmoqda. Nemislar bir öyinda Italiyani yirik hisobda mağlub etişi (5:2), keyin esa Vengriyaga qarşi ikki öyinda atigi bir oçko bilan kifoyalanişi yoki Angliyaga qarşi öyinda ikki gol ustunligini boy berişi mumkin. Ha, bu voqealar natijasi u qadar ahamiyatli bölmagan Millatlar ligasida röy bergan. Lekin şu öyinlar bu safar tört yillikning asosiy turniri arafasidagi sinov janglari bölib çiqdi. Bu raqiblar esa Germaniya saralaş bosqiçida osonlik bilan tor-mor keltirgan raqiblar darajasida emasdi. Qatarda yaxşi natija körsatiş uçun nemislar boşqa darajaga çiqişi kerak. Lekin ular hozirning özida bunga tayyormi?
Germaniya termasining JÇ-2022 uçun tarkibi
Darvozabonlar: Manuel Noyyer («Bavariya»), Mark-Andre ter Ştegen («Barselona»), Kevin Trapp («Ayntraxt»).
Himoyaçilar: Armel Bella-Koçap («Sauthempton»), Mattias Ginter («Frayburg»), Kristian Gentner («Ştutgart»), Tilo Kerer («Vest Hem»), Lukas Klosterman («Leypsig»), David Raum («Leypsig»), Antonio Ryudiger («Real»), Niko Şlotterbek («Borussiya» D), Niklas Zyule («Borussiya» D).
Yarimhimoyaçilar: Karim Adeyyemi («Borussiya» D), Yulian Brandt («Borussiya» D), Niklas Fyullkrug («Verder»), Leon Goretska («Bavariya»), Mario Gyotse («Ayntraxt»), Ilkay Gundöğan («Mançester Siti»), Yonas Hoffman («Borussiya» M), Yozua Kimmih («Bavariya»), Jamol Musiala («Bavariya»).
Hujumçilar: Yussuf Mukoko («Borussiya» D), Tomas Myuller («Bavariya»), Leroy Sane («Bavariya»), Serj Gnabri («Bavariya»), Kay Havers («Çelsi»).













