Kiyev aholisi past haroratlarda keng kuzatilayotgan elektr öçirilişining «eng yomon ssenariysi»ga tayyorlanişi kerak, dedi Ukraina poytaxti meri Vitaliy Kliçko Germaniyaning Bild naşriga bergan intervyusida. U 23 noyabr, çorşanba kuni çop etildi.
Uning sözlariga köra, Kiyev «Ikkinçi jahon uruşidan keyingi eng yomon qişga» duç kelişi mumkin. Agar işlar eng yomon ssenariy böyiça ketsa, rasmiylar buni istamasa ham «şaharning bir qismini evakuatsiya qiliş kerak bölişi mumkin», deydi Kliçko. U Vladimir Putinni Kiyev aholisini fuqarolik infratuzilmasiga zarbalar beriş orqali qoçişga majburlaşda aybladi.
«Putin odamlarni dahşatga solmoqçi, ularni elektrsiz sovuqda qotirib qöymoqçi» va şu tariqa Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiyga bosim ötkazmoqçi, deb hisoblaydi Vitaliy Kliçko.
«Mening taassurotim şundaki, odamlar faqat yanada ğazablanib, qat’iyatliroq bölişyapti. Biz Putin xohlaganidek qoçib ketmaymiz», dedi Kiyev meri. U Germaniyani zudlik bilan insonparvarlik yordami - generatorlar, issiq kiyim va boşqa zarur narsalarni yuborişga çaqirdi.
Ukraina böylab 4000 ga yaqin «Yengilmas nuqtalar» allaqaçon joylaştirilgan, bu Rossiyaning öqqa tutilişi natijasida elektr ta’minotidagi uzilişlar şaroitida odamlarni qöllab-quvvatlaşga qaratilgan yangi loyihadir, dedi Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy keçagi an’anaviy videomurojaatida. Uning sözlariga köra, bundan ham köproğini yaratiş rejalaştirilgan, uşbu punktlar «barça asosiy xizmatlar» – elektr energiyasi, uyali aloqa va internet, isitiş, suv, tez tibbiy yordam qutilarini taklif etib, bepul va keça-yu kunduz işlaydi. «Işonçim komilki, biz bir-birimizga yordam berib, bu qişni birgalikda yengamiz», — dedi Zelenskiy.
Avvalroq, 21 noyabr kuni Ukrainaning elektr va gaz yetkazib beruvçi YASNO şirkati rahbari Sergey Kovalenko Ukrainada doimiy elektr ta’minotidagi uzilişlar katta ehtimol bilan mart oyining oxirigaça davom etişini aytgan edi. Uning sözlariga köra, mutaxassislar Rossiya zarbalaridan zarar körgan elektr tarmoqlarini yanada qattiqroq sovuq ob-havo boşlanişidan oldin tiklaşni yakunlaş uçun barça sa’y-harakatlarni amalga oşirmoqdalar, ammo agar zarbalar davom etsa, «nafaqat soatlik öçirişlardan foydalaniş kerak, balki favqulodda vaziyatlarda yoruğlik juda uzoq vaqt davomida bölmasligi ham mumkin».
Öz navbatida, «Ukrenergo» MEK boşqaruvi rahbari Vladimir Kudritskiy Rossiyaning Ukrainani öqqa tutişi oqibatida deyarli barça yirik gidroelektrostansiyalar va issiqlik elektr stansiyalari zarar körganini aytdi. Ukraina energetika tizimiga yetkazilgan zarar 70 milliard grivnadan (taxminan 1,9 milliard yevro) köproqqa baholanmoqda.












