Farğona viloyati Buvayda tumani “Alimergan” MFY Hunarmandlar köçasida 3 kunlik yoş kelin-kuyov is gazidan zaharlaniş oqibatida vafot etdi.

Buvayda tumani FVB boşliği Davronbek Otamirzayevning Kun.uz muxbiriga ma’lum qilişiça, bölimga 24 noyabr kuni soat 08:30larda IIB tomonidan qönğiroq bölib, holat böyiça xabar berilgan.

Ma’lum bölişiça, 1999 yilda tuğilgan kuyov A.A. hamda 2005 yilda tuğilgan kelin N.U. bir-biriga qarindoş bölgan. Kuyov A.A. peçka yasab sotadigan usta bölgani uçun 21 noyabr kuni özi yasagan peçkalardan birini uyga örnatgan. Ertalab öğli çiqavermaganidan şubhalangan ota uyga kirib mudhiş hodisa guvohi bölgan.

Tuman FVB boşliğining qöşimça qilişiça, qişloq gazlaştirilmagan hudud hisoblanadi.

Holat böyiça prokuratura tomonidan tergovga qadar tekşiruv harakatlari olib borilmoqda.