2022-2025 yillarda Özbekistonda jamoat xavfsizligini ta’minlaş tizimini rivojlantiriş strategiyasini 2023 yilda amalga oşiriş böyiça “yöl xaritasi” e’lon qilindi.

Jamoat xavfsizligiga xavflar holati va darajalarini belgilovçi mezonlarni va asosiy körsatkiçlarni (indikatorlarni) işlab çiqiş hamda joriy etiş möljallanmoqda. 

Bunda:

  • Jamiyat ehtiyojlarini aniqlaştirgan holda jamoat xavfsizligi kontekstida jamiyat manfaatlarini tizimlaştiriş;
  • jamiyat manfaatlarini asosiy mezon sifatida belgilagan holda, jamoat xavfsizligi ta’minlanganligi darajasini baholaş indikatorlarini işlab çiqiş;
  • jamoat xavfsizligining ta’minlangani holatini har biri uç bosqiçdan iborat bölgan “norma”, “inqiroz oldi”, “inqiroz” darajalariga ajratiş va ular çegaraviy qiymatlarini belgilaş;
  • jamiyat manfaatlariga qarşi ma’muriy huquqbuzarlik va jinoyatlarni yagona bölimga birlaştirgan holda tizimlaştiriş;
  • jamoat xavfsizligini ta’minlanganligi darajasini örganiş natijalari böyiça axborot-tahliliy hujjatlarni tayyorlaş, vakolatli idoralarga kiritiş, inobatga olingan hollarda rağbatlantiriş tartibi;
  • jamoat xavfsizligi ta’minlangani darajasini tizimli ravişda monitoring qiliş va baholab boriş uçun Jamoat xavfsizligi böyiça respublika ekspert-tahlil kengaşini tuziş nazarda tutiladi.