Mahalliy vaqt bilan taxminan soat 19.00 dan boşlab, şaharda statsionar va mobil internet işlamay qolgan, ayrim operatorlarning uyali aloqasida uzilişlar kuzatilgan. Nosozlik taxminan 1 soat davom etgan.
Milliy xavfsizlik qömitasi (MXQ) Davlat texnika xizmati nosozlik sabablarini ma’lum qildi.
«Ostona şahri va Oqmöla viloyatidagi internet şlyuzlari elektr ta’minoti uskunasida sodir bölgan avariya tufayli telekommunikatsiya qurilmalarida nosozliklar qayd etildi. Zaxira quvvat manbalariga ötiş böyiça işlar olib borildi. Elektr ta’minotidagi uziliş tizim işiga ta’sir qilmadi. Biroq, Ostona va Oqmöla viloyatida internet işida nosozliklar kuzatildi», — deyiladi xabarda.
Davlat texnika xizmati hozirda tizimdagi nosozlik bartaraf etilgani va aloqa odatdagidek işlayotganini ta’kidladi.












