The Wall Street Journal xabariga köra, Yevropa ittifoqi infratuzilma va uning holatini nazorat qiliş uçun quruqlikda, dengizda va havoda patrullarni taşkil qilgan.
Örtayer va Norvegiya dengizidagi gaz quvurlarining umumiy uzunligi 9650 km, dengizda mingdan ortiq neft va gaz inşootlari bor. Energetika va xavfsizlik böyiça ekspertlarning fikriça, «Şimoliy oqim»dagi sabotajga öxşaş falokat sodir bölsa, tiklaniş uçun bir neça oy yoki hatto bir neça yil kerak bölişi mumkin.
Hukumatlar patrullik qiliş uçun politsiyaçi va harbiylarni jalb qilmoqda. Italiya suv osti kemalari, suv osti dronlari va samolyotlardan foydalanyapti.
«Şimoliy oqim»ning vayron qilinişi Yevropa infratuzilmasining sabotajga qarşi zaifligini oçib berdi. Agar bu signal bölsa, demak, yevropaliklarga hamma joyda - gaz quvurlariga ham, şamol turbinalariga ham zarba berilişi mumkin», dedi Daniya harbiy-dengiz kuçlari qömondoni Yyens Kristoffersen.
NATO Boltiq va Şimoliy dengizda harbiylar sonini oşirgan. Germaniya, Buyuk Britaniya va Fransiya harbiy-dengiz kuçlari Norvegiyaga NATO koordinatsiyasi ostida öz infratuzilmasini himoya qilişda yordam bermoqda. Buyuk Britaniya suv osti tahdidlarini aniqlaş uçun jihozlangan ikkita kema sotib olmoqda. Ammo Yevropa armiyasi energiya infratuzilmasini töliq himoya qiliş uçun zarur resurslarga ega emas, deb hisoblaydi Risk Intelligence kompaniyasi rahbari Tino Hansen.
Sentyabr oyida «Şimoliy oqim 1» va «Şimoliy oqim 2» quvurlaridan gaz sizib çiqişi aniqlangan edi. Noyabr oyi örtalarida Şvetsiya prokuraturasi gaz quvurlari portlovçi moddalar ta’sirida şikastlanganini aniqladi.












