«Education City Stadium»da 100 daqiqa davom etgan uçraşuvning birinçi bölimida Salisu va Quddus koreyaliklar darvozasini işğol etib, tanaffusga Ganani ğolib sifatida olib çiqişdi – 2:0.

Ikkinçi bölimning 58 va 61-daqiqalarida Çjo Gyu Son dublga erişib, kambek körsatayotgan edi – 2:2.

Ammo 68-daqiqada Muhammad Quddus dublini rasmiylaştirib, yakunda Ganaga muhim ğalabani taqdim etdi – 3:2. Öyin yakunida koreyaliklar ustozi Paulo Bentu hakam tomonidan çetlatildi.

Şu tariqa, Gana 3 oçko bilan hozirça 2-öringa kötarilgan bölsa, koreyslar 1 oçko bilan 4-örinda bormoqda. Guruhdagi ikkinçi öyin Portugaliya va Urugvay örtasida ötkaziladi (23:59). Koreya sönggi öyinda (2 dekabr) Portugaliyaga qarşi maydonga tuşadi, Gana esa Urugvay bilan öynaydi.

JÇ-2022. H guruhi. 2-tur
Janubiy Koreya – Gana 2:3
Gollar: 0:1 – 24 Salisu, 0:2 – 34 Quddus, 1:2 – 58 Çjo Gyu Son, 2:2 – 61 Çjo Gyu Son, 2:3 – 68 Quddus.
Janubiy Koreya – Kim Sin Gyu, Kim Mun Xvan, Kim Yen Gvon, Kim Min Çje, Kim Çjin Su, Çjon U Yen (Xvan Iy Çjo, 79), Kvon Çxan Xun (Li Kan In, 57), Xvan In Bom, Çjon Vu Yen (Na San Xo, 46), Son Hyon Min, Çjo Gyu Son.
Gana – Ati-Ziji, Lempti (Odoi, 78), Amarti, Salisu, Mensa (Baba, 88), Parti, Quddus (Jiku, 83), Abdul-Samed, Ayyu (Kere, 78), Ayyu (Sulaymoni, 78), Uilyams.
Ogohlantirişlar: Amarti (21), Çjon U Yen (27), Lempti (73), Kim Yen Gvon (77).