Özbekiston Markaziy banki e’lon qilgan “Pul-kredit siyosatining 2023 yil va 2024−2025 yillar davriga möljallangan asosiy yönalişlari” şarhida samarali pul-kredit siyosati yuritişning şart-şaroitlari ham sanab ötilgan.
Unga köra, kelgusi yillarda pul-kredit siyosati samaradorligini oşiriş masalasi iqtisodiyotning turli sohalarida amalga oşiriladigan quyidagi çoralar bilan çambarças boğliq böladi.
Iste’mol bozorlarida raqobat muhitining rivojlanişi
Uşbu yönalişda:
- tadbirkorlik sub’yektlarini qöllab-quvvatlaş böyiça işlab çiqilgan qaror va farmonlar hamda mexanizmlarni xalqaro konsalting kompaniyalar bilan birgalikda inventarizatsiyadan ötkazib, bozor mexanizmlariga va raqobat muhitiga zid normalarni bekor qiliş;
- iste’mol tovarlari importida tarif va notarif çeklovlarni kamaytiriş, sohani yetarli darajada liberallaştiriş, iste’mol va investitsion tovarlar taşqi savdosida monopol holatlarga çek qöyiş, importyorlar sonini oşiriş, import geografiyasini kengaytiriş va muqobil yangi marşrutlarni işlab çiqiş;
- temir yöl va havo transporti xizmatlari sohalariga xususiy korxonalarni jalb etiş, mazkur xizmatlar bozorida erkin raqobat şaroitlarini yaratiş orqali taşiş va transport xarajatlarining mahsulotlar tannarxiga ta’sirini pasaytiriş;
- monopol xarakterga ega korxonalar tovar va xizmatlari narxlarini şakllantiriş mexanizmlarining şaffofligini ta’minlaş;
- Jahon savdo taşkilotiga a’zo böliş işlarini tezlaştiriş va mintaqaviy transport koridorlarining muhim bölagiga aylaniş böyiça çoralar köriş kelgusi yillarda muhim ahamiyat kasb etadi.
Xufyona iqtisodiyotni qisqartiriş
MBning qayd etişiça, mamlakatda xufyona iqtisodiyotni qisqartiriş böyiça strategik yönalişlarni belgilaş va bunda, barça manfaatdor vazirlik va idoralarni safarbar etgan holda, quyidagi yönalişlarda çoralarni amalga oşiriş zarur:
- 2023-2024 yillarda alohida korxona yoki tarmoqlarga berilgan imtiyozlarni töliq tanqidiy xatlovdan ötkaziş va bekor qiliş orqali barça bozor iştirokçilari uçun teng imkoniyatlarni hamda soğlom raqobat muhitini yaratiş;
- import tovarlarining içki bozordagi ulgurji savdosini faqat naqd pulsiz hisob-kitob şaklida amalga oşirilişini töliq ta’minlaş va buni nazorat qiliş uçun import mahsulotlari harakati böyiça yagona axborot tizimini işlab çiqiş va amaliyotga joriy etiş;
- soliqdan qoçiş holatlarida jazoning muqarrarligini ta’minlaş, rasmiy iqtisodiyotda işlaşni yaşirin iqtisodiyotda faoliyat yuritişdan köra manfaatli qiliş, bu boradagi tösiqlarni bartaraf etiş, barça axborot vositalari orqali tuşuntiriş işlari kölamini kengaytiriş;
- yuridik şaxslar tomonidan jismoniy şaxslarning bank hisobvaraqlariga moliyaviy yordam va qarz sifatida yönaltirilayotgan mablağlarga nisbatan jismoniy şaxslarning daromad soliğiga tortiş amaliyotini joriy etiş, mablağlar töliq qaytarilganda uşbu tuşumlarni soliq bazasidan çiqariş;
- jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallaştiriş va terrorizmni moliyalaştirişga qarşi kuraşiş tizimi doirasida şubhali mijozlar va operatsiyalarni oldindan aniqlaş indikatorlarini joriy etiş va monitoringini kuçaytiriş.
Bank tizimida transformatsiya va xususiylaştiriş
Regulyator bu borada hukumatga quyidagi tavsiyalarni bergan:
- 2023 yilda davlat uluşi yuqori bölgan yirik banklarni xususiylaştiriş jarayonini mantiqiy yakuniga yetkaziş, xususan davlat uluşi mavjud banklar (Qişloq quriliş bank, Xalq banki, Mikrokreditbank, Aloqa bank, Agro bank va Milliy bankni) aksiyalarini ommaviy oçiq savdolarga (IPO) olib çiqiş hamda Yevropa tiklaniş va taraqqiyot banki bilan hamkorlikda Asaka bankdagi transformatsiya jarayonlarining faol fazasiga ötiş;
- bank xizmatlari bozorida raqobatni kuçaytiriş va barça iştirokçilarga teng şaroitlarni ta’minlaş yuzasidan boşlangan işlarni xalqaro tajriba asosida takomillaştirib boriş;
- 2023 yildan boşlab iqtisodiy faollikni rağbatlantirişda raqobat muhitiga salbiy ta’sir körsatuvçi va moliyaviy resurslarning samarasiz taqsimlanişiga sabab böluvçi imtiyozli kreditlaş (foizlari bozor foiz stavkalaridan past bölgan kreditlar) va direktiv kreditlaş (mahalliy hokimlik organlari va davlat idoralari tomonidan kreditlarni belgilab beriş) usullaridan bosqiçma-bosqiç voz keçiş.
Ta’kidlanişiça, bank tizimida ajratilayotgan kreditlarning 60 foizi direktiv asosda ajratilgan kreditlar hissasiga töğri kelmoqda va aynan uşbu omil ta’sirida tijorat banklarining kredit portfelida muammoli kreditlar uluşi yuqori darajada qolmoqda.
Markaziy bankka köra, davlat uluşiga ega banklarni transformatsiya qiliş va xususiylaştirişni muvaffaqiyatli yakunlaş quyidagilarga zamin yaratadi:
- davlat budjetidan banklar kapitaliga pul kiritiş zaruratini keskin kamaytiradi;
- bank tizimining bozor munosabatlari asosida faoliyat yuritişi ta’minlanadi;
- banklar kapitalini xorijiy investitsiyalar va xususiy investorlar mablağlari hisobidan oşirib boriş va şu orqali iqtisodiyotda pul oqimlarining samarali taqsimlanişi natijasida istiqbolli loyihalarni kreditlaş kölamining kengayişiga şaroit yaratiladi.












