Italiya klubi direktorlar kengaşining navbatdan taşqari yiğilişi yakunlari böyiça bayonot e’lon qildi. Unga köra, kengaşning barça a’zolari iste’foga çiqdi. 

Bundan taşqari «Yuventus» prezidenti lavozimida işlagan Andrea Anelli, klub vitse-prezidenti Pavel Nedved, şuningdek, boş direktor Mauritsio Arrivabene ham işdan böşadi. Qayd etilişiça, direktorlar kengaşi Arrivabeneni öz lavozimida qolişni söragan.

Hozirgi direktorlar kengaşi 2023 yilning 18 yanvarigaça, ya’ni klub aksiyadorlari yiğilişi bölib ötgunça işlaydi. Öşa yiğilişda kengaşning yangi a’zolari tayinlanadi. 

Anelli «Yuventus»ni tark etgaç, klubning barça xodimlariga xat yozdi. 

«Azizlar, «Yuventus»da öynasangiz yoki işlasangiz, bitta maqsad bor — ğalaba qozoniş. Qora-oq futbolka kiyiş şarafiga ega bölgan har bir kişi buni biladi. 

«Yuventus» — dunyodagi eng katta klublardan biri. Natijaga faqat butun jamoaning mehnati bilan erişilişini barça klub xodimlari biladi. 

Tarix bizga ğalaba qozonişni örgatdi, bu bizning DNKimizda. 2010 yildan beri öz hikoyamizni ajoyib natijalar bilan töldirdik — yangi stadion, ketma-ket 9ta Skudetto, Netflix va Amazon Prime'da u haqda film suratga olingan birinçi italyan klubi, ayollar jamoasi uçun ketma-ket 5ta çempionlik. Şuningdek, Volkswagen bilan kelişuv (bu haqda kam odam biladi), Berlin va Kardiffdagi YeÇL finallari, Adidas bilan şartnoma. «Yuventus» UEFA ijroiya qömitasidagi klublardan biri böldi. 

Soatlar, kunlar, tunlar, oylar va fasllar — har doim yaxşilaniş maqsadi bilan. Har birimiz maydonga qanday çiqişni bilamiz – kiyiniş xonasidan çiqib, öngga burilasiz, zinapoyadan 20 qadam pastga tuşasiz, keyin yana 10 qadam yuqoriga kötarilasiz va maydondasiz. 

Qörquv. Bilasizki, yaqin atrofda imkonsiz narsaga erişişi mumkin bölgan butun jamoa bor. «Bernabeu», «Old Trafford», «Alyans Arena», «Signal Iduna Park», «San-Siro», «Seltik Park», «Kamp Nou» — qayerga bormaylik, jamoa birlaşgan paytda heç qaçon qörqmaganmiz. 

Agar birlik bölmasa, bu falokatli oqibatlarga olib keladi. Şu nuqtada, ehtiyotkorlik bilan öylaşingiz va zararni kamaytirişingiz kerak. Biz korporativ nuqtayi nazardan nozik vaziyatga duç keldik. Ortiq hamjihatlik yöq. Yangi rahbariyatga vaziyatni özgartiriş imkoniyatini beriş uçun hammaning birga ketişi yaxşiroqdir. 

Endi ular oldida yangi çaqiriq — «Yuventus» tarixiga moslaşiş turibdi. 

Fridrix Nitsşening iqtibosidan ilhomlanib, futbol uçun işlaşda davom etaman: «Musiqani eşitmagunça, raqsga tuşayotganlarni aqldan ozgan deb öylaysiz...»

Yodingizda bölsin, biz bir körişdayoq bir-birimizni taniymiz, çunki biz «Yuve» odamlarimiz! Oxirigaça...», — deb yozgan turinliklarning sobiq prezidenti.

Anelli «Yuventus»ni 2010 yilning may oyidan buyon boşqarayotgandi. Uning qöl ostida klub ketma-ket 9 yil Italiya çempioni böldi, 2 bor Çempionlar Ligasi finaliga çiqdi, 5 martadan Italiya Kubogi va Superkubogini qölga kiritdi.