Germaniya kansleri Olaf Şols 29 noyabr, seşanba kuni Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy bilan telefon orqali muloqoti çoğida Ukrainadagi siyosiy, harbiy va gumanitar vaziyat yuzasidan fikr almaşdi, dedi Germaniya hukumati matbuot kotibi Şteffen Xebeştrayt. Uning aniqlik kiritişiça, Zelenskiy Şolsga Rossiya raketa zarbalarining fuqarolik infratuzilmasi, suv va elektr ta’minotiga zarari haqida ma’lumot bergan. Germaniya kansleri Ukraina hududining öqqa tutilişini qoraladi va Kiyevni bundan keyin ham qöllab-quvvatlaşga işontirdi.
Xebeştraytning ta’kidlaşiça, GFR hukumati allaqaçon Ukrainaga energetika infratuzilmasini ta’mirlaş uçun taxminan 56 million yevro miqdorida moliyaviy yordam, şuningdek, 350 dan ortiq generatorlar taqdim etgan.
Olaf Şols, şuningdek, Germaniya Ukrainani havo mudofaasi sohasida va bu mamlakatni uzoq muddatda qayta qurişda qöllab-quvvatlaşda davom etişini tasdiqladi. Suhbatdoşlar konstruktiv fikr almaşişni davom ettirişga va yaqin aloqada bölişga kelişib oldilar.













