Özbekiston elçisi Said Rustamov Buyuk Britaniya Taşqi işlar, hamdöstlik va taraqqiyot vazirligi davlat kotibi parlamentdagi örinbosari Leo Dokerti bilan muzokaralar ötkazdi, deb xabar bermoqda «Dunyo».

Uçraşuvda Özbekiston - Buyuk Britaniya munosabatlari bugungi holati va istiqbollari muhokama qilindi. Joriy yil 30 noyabr kuni Toşkent şahrida ikki davlat rasmiy idoralari va işbilarmon doiralari 200 nafardan ortiq yuqori martabali vakillari iştirokida Savdo va sanoat böyiça Özbekiston-Buyuk Britaniya kengaşi (UBTIC) 26-yiğilişi ötkazilişi muhimligi ta’kidlandi. Tadbir yakunida savdoni kengaytiriş, infratuzilma, xususiylaştiriş, moliyaviy xizmatlar, ta’lim sohalarida loyihalarni qamrab oladigan qator ikki tomonlama hujjatlar imzolanişi kutilmoqda.

Leo Dokerti bilan bölib ötgan muzokaralar yakunida bir qator tadbirlar, özaro taşriflar, dekabr oyida Toşkent şahrida ikki davlat taşqi siyosat va boşqa idoralari yuqori martabali vakillari iştirokida siyosiy maslahatlaşuvlar navbatdagi davrasini ötkazişga kelişib olindi.