«Huquqiy tayanç» birlaşmasi rahbari A’zam Farmonovning aytişiça, sud köpçilik tomonidan «misli körilmagan darajada oçiq» deya ta’riflanmoqda va bunga ma’lum sabablar bor.
«Şu paytga qadar Özbekistonda sudlardan hamişa norozilik bölib kelgan. Köpçilik, şular qatorida men va mening «Huquqiy tayanç» birlaşmamiz ham sudlov tizimidan mutlaqo qoniqmaganmiz. Juda köp holatlarda oçiq sudlar ham deyarli yopiq tarzda ötişi tabiiy hol.
Nukus voqealari böyiça boşlangan sudda esa juda noodatiy holatni kördim — sud haqiqatan ham juda oçiq. Masalan, sud jarayonida sudlar etikasiga töliq rioya qilinyapti. Sudlanuvçilar tomonidan keltirilayotgan har qanday, oddiy darajadagi oğzaki yoki yozma iltimosnomalarga ham e’tibor berilyapti va bajarişga harakat qilinyapti. Şu holatlar yuqorida aytilganidek, «misli körilmagan oçiq» deyiş uçun sabab bölyapti», — deya ta’kidlagan A’zam Farmonov.
Sobiq siyosiy mahbus A’zam Farmonov mahbuslarga nisbatan qiynoqlar qöllanmaganini ta’kidladi.
«Sud majlisida mahbuslarga qiynoqlar böyiça heç kim savol bergani yöq. Ammo sudda söroq qilinganlarning aksariyati «Biz hukumatga qöl kötargan bölsak ham, ular bizga nisbatan noinsoniy harakat qilmadilar. Bizga judayam yaxşi muomalada bölişdi, uç mahal issiq ovqat berişdi. Bizning qiynoqqa solinayotganimiz haqida turli vahimalar böldi, lekin aslida unday emas. Faqat vijdonimiz oğriyapti, biz şunça insonlarning ölimiga özimizni sababçi deb bilamiz», qabilida gapirişdi», — dedi A.Farmonov.
Huquq faoli faqat 22 nafar mahbusning suddagi gaplaridan kelib çiqib, qiynoqlar qöllanmagani haqida xulosa qilinmayotgani, qölga olingan odamlardan bir qançasi ma’muriy javobgarlikka tortilgaç, qamoqdan ozod etilgani, ularning birortasi qiynoqlar haqida davlat organlari yoki OAVga murojaat qilmaganini ta’kidladi.
«Bu gaplar ssenariy yoki spetakl emas, deb öylayman. Çunki bu haqda ulardan heç kim söragani yöq, ularning özlari samimiy sözlaşmoqda. Özlarining emas, vijdoni yoki yaqinlari qiynalgani haqida gapirişyapti. Şu bois, bu boradagi gaplar uyuştirilmagan, degan fikrdaman», — deya ta’kidladi huquq faoli.
Eslatib ötamiz, Buxoro viloyat sudi binosida 2022 yil 1-2 iyul kunlari Nukus şahrida röy bergan ommaviy tartibsizliklar böyiça 22 nafar sudlanuvçiga oid jinoyat işi birinçi instansiya sudi tomonidan, Qoraqalpoğiston Respublikasi sudi jinoyat işlari böyiça sudlov hay’ati sudyasi Ye.Abibullayev raisligida körib çiqilmoqda.













