Sudlanuvçilarga nisbatan Jinoyat kodeksining quyidagi moddalari böyiça ayblov e’lon qilingan:

167 (Özlaştiriş yoki rastrata yöli bilan talon-toroj qiliş);

168 (Firibgarlik);

184 (Soliqlar yoki yiğimlarni tölaşdan böyin tovlaş);

185−2 (Elektr, issiqlik energiyasi, gaz, vodoprovoddan foydalaniş qoidalarini buziş);

189 (Savdo yoki xizmat körsatiş qoidalarini buziş);

205 (Hokimiyat yoki mansab vakolatini suiiste’mol qiliş);

206 (Hokimiyat yoki mansab vakolati doirasidan çetga çiqiş);

28,209 (Jinoyat iştirokçilarining turlari, Mansab soxtakorligi);

209 (Mansab soxtakorligi);

211 (Pora beriş);

228 (Hujjatlar, ştamplar, muhrlar, blankalar tayyorlaş, ularni qalbakilaştiriş, sotiş yoki ulardan foydalaniş);

243 (Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallaştiriş).

Qayd etilişiça, 29 nafar sudlanuvçiga nisbatan «qamoqqa oliş», 15 nafariga «garov» va 6 nafariga «munosib xulq-atvorda böliş haqidagi tilxat» tarzidagi ehtiyot çoralari qöllangan.

«Qöşimça ma’lumot sud jarayoni yakuni böyiça beriladi», — deyiladi xabarda.

Eslatib ötamiz, Qişloq xöjaligi vazirligining sobiq rahbari Aziz Voitov 2023 yil dekabr oyida qamoqqa olingan edi. 44 yoşli Voitov 2022 yil avgustidan 2023 yil oktyabrigaça QXVni boşqargan, ungaça investitsiyalar va taşqi savdo vazirining birinçi örinbosari lavozimida işlagan.