Taraqqiyot strategiyasini 2022 yilda amalga oşirişga oid davlat dasturida sanoat tarmoqlarida “yaşil” iqtisodiyotga ötiş va energiya tejamkorlik dasturini işlab çiqiş belgilangan edi. Taqdimotda mazkur dasturda közda tutilayotgan çora-tadbirlar haqida axborot berildi.
Qayd etilganidek, bu hujjatda sanoat tarmoqlarida “yaşil” iqtisodiyotga ötiş va energiya tejamkorligini ta’minlaş böyiça konsepsiya belgilanadi. Şu asosida 25 ta strategik ahamiyatga ega korxonada yoqilği-energetika resurslarini tejaş maqsadli körsatkiçlari tasdiqlanadi.
Bu orqali 2022-2026 yillarda sanoat tarmoqlarida 3,9 milliard kubometr tabiiy gazni, 4 milliard kilovatt soat elektr energiyasini va 21 ming tonna neft mahsulotlarini tejaş rejalaştirilmoqda. Buning natijasida har bir mahsulot tannarxida energiya uluşini 20 foizga kamaytiriş maqsad qilingan.
2023 yil 1 iyundan boşlab mahsulotlar ekologik toza energiya va texnologiyalar yordamida işlab çiqarilganini tasdiqlovçi “yaşil sertifikatlar” tizimi joriy etiladi.
Şu maqsadda issiqxona gazlari çiqarilişi bosqiçma-bosqiç tartibga solinadi. Bunda tabiatga zararni qisqartiriş işlarini davlat tomonidan qöllab-quvvatlaş çoralari köriladi.
“Ifloslantiruvçi tölaydi” tamoyilini töliq joriy etiş, bu boradagi moddalar röyxatini kengaytiriş va yiğim stavkasini oşiriş taklif etilmoqda.
“Yaşil” iqtisodiyot böyiça ilmiy tadqiqotlarni köpaytiriş, innovatsion loyihalarni tatbiq etiş masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Hujjatda belgilangan çora-tadbirlar bajarilişini doimiy baholab boruvçi guruh ham şakllantiriladi. Uning tarkibiga 15 ta xalqaro taşkilot va moliya institutlari rahbarlari kiritiladi.
Davlat rahbari bu takliflarni ma’qullab, har bir tarmoq kesimida energiya tejamkorligini oşiriş, mahsulot işlab çiqarişda energiya xarajatini kamaytiriş böyiça körsatmalar berdi.












