Bugun Qatardagi jahon çempionati nimçorak finali doirasida yana ikki uçraşuv bölib ötadi.

Yaponiya — Xorvatiya (Toşkent vaqti bilan soat 20:00)

Guruh bosqiçida şov-şuv kötargan jamoa va JÇ-2018 finalçisi pley-offning ilk raundida töqnaş kelmoqda. Katta turnirlarda yaponlarnikidan qiziqarliroq sarguzaştni topiş qiyin. Osiyoliklar Kosta-Rikaga yutqazdi (0:1), ammo Ispaniya (2:1) va Germaniyani (2:1) yengib, bundestimni jahon çempionati pley-offidan taşqarida qoldirişdi.

Yaponlar ölim guruhidan çiqiş bilan çeklanmay, guruhda birinçi örinni egalladi. Bu jamoa Xorvatiya bilan öyinda favorit sanalmasa ham, ilojsiz autsayder bölmasligi aniq.

Yaponiya termasi kostarikaliklarga qarşi öyinda birinçi raqam ostida harakat qilib, yutqazib qöyişdi, ammo töpsiz harakat qilişga töğri kelgan öyinlarda maksimum natija çiqara olişdi. Bugungi uçraşuv, katta ehtimol bilan yana raqib jamoaning hududiy ustunligi bilan keçadi, ammo Yaponiya uçinçi bor qarşi hujumlarda muvaffaqiyatga erişa oladimi?

Xorvatlar guruhda katta taassurot qoldira olişmadi, faqat bir öyinni kuçli ötkazişdi. Zlatko Daliç jamoasi Kanada bilan öyinda saviyadagi farqni yaqqol körsatib qöyişdi (4:1), ammo Marokaş bilan tengma-teng öynaşdi (0:0) Belgiyaga qarşi öyinda esa vaziyatlardan foydalana olmadi va bazör durangni saqlab qolişdi (0:0). Yaponiya esa vaziyatlarni kökka sovurişni qanday jazolaşini allaqaçon namoyiş etib böldi. Pley-offda Xorvatiya özgara oladimi?

Jamoalar jahon çempionatlarida ikki bor töqnaş kelişgan. 1998 yilda xorvatlar guruhda ğolib kelişgan (1:0), 2006 yilda esa murosa köçasi tanlangan (0:0). 

Foto: Dmitriy Goluboviç, «ÇeMPIONAT»

Braziliya — Koreya (Toşkent vaqti bilan soat 00:00)

Braziliya ikkinçi turdayoq pley-off masalasini hal qilgandi, ammo sönggi turda guruhdagi birinçi öyinni boy berib qöyişiga bir baxya qoldi — Şveytsariyaga birgina gol yetmadi. Qolaversa şu öyinda ikki himoyaçi (Aleks Sandro va Aleks Telles) hamda forvard Gabriel Jyezus jarohat olib safdan çiqdi. Undan oldinroq Danilo ham jarohat olgandi, endi qanot himoyasida 40 yoşni qarşilayotgan Dani Alves öynaydi.

Şunga qaramay, Braziliya — yaqqol favorit. Iyun oyida bu jamoalar örtasidagi örtoqlik uçraşuvi natijasi (Braziliya foydasiga 5:1) bugungi kunda ham kuçlar nisbatini ifodalaydi. Qolaversa, bugungi öyinga Neymar qaytişi aytilmoqda, u «PSJ»dagi jamoadoşlaridan ortda qolmasligi kerak. Qatarda Mbappe allaqaçon 5 gol urdi, Messida — 3 gol bor.

Koreya qanday qarşilik körsatişi mumkin? Jamoada Son Hin Minning örni beqiyos, Portugaliyaning ikkinçi tarkibiga qarşi sönggi tur öyinida uning himoyaçilar orasidan ötkazib bergan töpini Hvang Hi Çvan darvozaga joylab, osiyoliklarni pley-offga olib çiqqandi. Koreyaliklar Urugvayni guruhda qoldirib, 1/8 finalga çiqişdi — janubiy amerikaliklar bu raqibni mensimay harakat qilişi yaxşilik keltirmasligi mumkin. 

Koreyaliklarning Kimlardan iborat himoya çiziği «Napoli» a’zosi Kim Min Je jarohat olişi tufayli kuçsizlandi, u maydonga tuşişga tayyorligini aytayotgan bölsa-da, boldiridagi jarohati bilan brazillarga qarşi öynaşi savol ostida.

Braziliya ustidan ğalaba qozoniş uçun Janubiy Koreya tarkibidagi barça futbolçilar hayot-mamot jangini ötkazişi kerak. Buni uddalab böladimi, bugun guvoh bölamiz?

Çorakfinal

Bu uçraşuvlar ğoliblari 9 dekabr kuni Toşkent vaqti bilan soat 20:00da «Education City» stadionida özaro bahs ötkazadi.