Kun.uz manbasiga köra, holat 4 dekabrdan 5 dekabrga ötar keçasi Jondor tumanining Oxşix mahallasida sodir bölgan. Xabarni mahalla raisi Nizomjon Ğaniyev ham tasdiqladi.  

Ma’lum qilinişiça, Oxşix mahallasida yaşovçi fuqaro Nodir Usmonov tadbirkorlik bilan şuğullangan. 4 dekabr kuni oila a’zolari bilan töyga borgan va uyga keçroq qaytişgan. Bugun, 5 dekabr kuni ertalab ukasi kelib, xonadon darvozasini taqillatib, çaqirgan. Ammo uydan heç kim çiqmagan. Tuşlikka yaqin xonadon eşigi buzib kirilgan.

Nodir Usmonov, turmuş örtoği va ularning ikki nafar farzandi is gazidan vafot etgan. Yana bir nafar farzandi esa ayni vaqtda şifoxonada ekani, u ham oğir ahvoldaligi aytilmoqda. Bolalarning ikki nafari maktab yoşida, bir nafari esa boğça yoşida bölgan.

Oldinroq Farğonada uç kunlik kelin-kuyov is gazidan zaharlanib vafot etgandi.