Latviya Rossiyaning «Dojd» telekanalining efirga çiqiş litsenziyasini bekor qildi. Bu haqda 6 dekabr, seşanba kuni Latviya Elektron ommaviy axborot vositalari milliy kengaşi rahbari Ivar Abolinş xabar berdi. Uning sözlariga köra, qaror «milliy xavfsizlik va jamoat tartibiga tahdid munosabati bilan» qabul qilingan. «Dojd» 8 dekabr kuni Latviyada translatsiyasini töxtatadi.
«Qonunbuzarliklarning umumiy hajmini baholar ekan, NEPLP «Dojd» rahbariyati qonunbuzarliklar ahamiyati va jiddiyligini tuşunmaydi, şuning uçun Latviya hududida işlaşi mumkin emas, degan xulosaga keldi», dedi Abolinş Leta agentligiga. Özining Twitter mikroblogida u «Latviya qonunlariga hamma rioya qilişi va hurmat qilişi şart», deb qöşimça qilgan.
«Dojd» telekanali Ukrainada uruş boşlanganidan bir neça kun ötib Rossiyada bloklandi va boşqa köplab mustaqil ommaviy axborot vositalari kabi öz faoliyatini töxtatişga majbur böldi. Iyun oyida «Dojd» bir qator mustaqil rus naşrlari jurnalistlari köçib kelgan Latviyada translatsiya qiliş uçun litsenziya olgani ma’lum böldi. Iyul oyida telekanal translatsiyani qayta boşlaganini e’lon qilgan edi.
Bir neça kun oldin Latviya hukumati telekanalga qarşi qator e’tirozlarini ilgari surdi. Xususan, NEPLP Rossiyaning bir qismi sifatida Qrim bilan xaritani efirga uzatganligi, şuningdek, Rossiya qurolli kuçlariga nisbatan «bizning armiyamiz» sözlarini işlatgani uçun «Dojd» telekanaliga 10 000 yevro miqdorida jarima soldi. Şu bilan birga, NEPLP bu telekanalga qarşi birinçi e’tiroz emasligini ta’kidladi.
Latviya mudofaa vaziri Artis Pabriks teleboşlovçi Aleksey Korostelev efirda xato gapirgani uçun telekanal xodimlarining yaşaş uçun ruxsatnomalarini bekor qilişga çaqirdi. Uning kanal «frontga» safarbar qilingan ruslarga «yordam berişi mumkin» degan iborasi töğridan töğri ma’noda talqin etildi - Moskvaning Ukrainaga qarşi harbiy tajovuzkorligiga yordam berişning dalili sifatida. Latviya Davlat xavfsizlik xizmati «Dojd»ga nisbatan tergov boşladi.












