Germaniya futbol ittifoqi (DFB) menejyeri Oliver Birhoff Germaniya terma jamoasi Qatardagi jahon çempionatida kuraşdan çiqib ketganidan tört kun ötib, iste’foga çiqişini e’lon qildi. 54 yoşli Birhoff 18 yil davomida DFB rasmiysi sifatida işlagan. 5 dekabr, duşanba kuni tomonlar uning 2024 yilda tugaydigan şartnomasini muddatidan oldin bekor qilişga kelişib oldi.  

«Ketişim bilan men yangi marralarni belgilaşga yöl oçaman. Biz işonç hosil qilgan ba’zi qarorlarimiz özini oqlamadi. Bundan mendan köra heç kim köproq afsuslanmaydi. Buning uçun mas’uliyatni öz zimmamga olaman», - dedi Birhoff. Şu tariqa, nemis futbol funksioneri Germaniya terma jamoasi 2022 yilgi jahon çempionatida kuraşdan çiqib ketganidan söng aytgan öz sözlarini biroz töğriladi: u DFB’ning navbatdagi asosiy maqsadi 2024 yilgi Yevropa çempionatiga tayyorgarlik bölişini aytgandi.  

Oliver Birhoff 2004 yilda Germaniya futbol ittifoqiga işga kelgan. Öşanda uning uçun Germaniya asosiy milliy jamoasining yangi sport menejyeri lavozimi joriy etildi, rasmiy ravişda u «terma jamoalar va akademiya menejyeri» deb nomlandi. U milliy jamoa ustozi Yurgen Klinsmann bilan birgalikda ikki yildan söng Germaniyada bölib ötgan jahon çempionatida jamoani muvaffaqiyatga olib keldi, öşanda bu voqeaga «yozgi ertak» nomi berilgandi: Germaniya terma jamoasi uşbu çempionatda uçinçi örinni egalladi. Sakkiz yil ötib, Birhoff va boş murabbiy Yoaxim Lyov bilan birgalikda bundestim Braziliyada bölib ötgan jahon çempionatida ğolib çiqdi.