Özbekiston investitsiyalar va taşqi savdo vazirligida vazir birinçi örinbosari Nozim Xolmurodov boşçiligida tarmoq birlaşmalari, tijorat banklari, mahalliy hokimiyat organlari rahbarlari iştirokida videoselektor yiğilişi bölib ötdi, deb xabar bermoqda «Dunyo».

Yiğilişda tijorat banklari va viloyatlar mas’ul rahbarlari, mamlakat hududlaridagi sanoat korxonalari faoliyatini örganiş natijalari böyiça respublika işçi guruhlari rahbarlari hisobotlari tanqidiy ruhda tinglandi. 

Işçi guruhlar tomonidan 45 mingdan ortiq sanoat korxonasi faoliyati örganilib, ular 5 mingtasida turli muammolar aniqlandi hamda ularni tezkor hal etiş böyiça manzilli «Yöl xaritalari» işlab çiqildi. 1700 ta korxona kredit mablağlarini olişda, 1300 ta korxona tegişli infratuzilmaviy kommunikatsiyalariga ulanişda muammolarga duç kelgan.

Yiğiliş yakunlari böyiça tegişli rahbarlarga «Yöl xaritalari»ni öz vaqtida amalga oşiriş va har bir hudud salohiyatidan kelib çiqib, qöşimça istiqbolli investitsiya loyihalarini işlab çiqiş böyiça aniq topşiriqlar berildi.