Navoiyda Telegram’da yolğon xabarlarni tarqatiş orqali köplab fuqarolarning pulini özlaştirgan jinoiy guruh a’zolari uşlandi. Bu haqda IIV Kiberxavfsizlik markazi xabar berdi.
Ma’lum qilinişiça, Zarafşon şahrida yaşovçi fuqaro N.M. ariza bilan murojaat qilib, Telegram messenjerida noma’lum şaxs feyk xabar orqali uning bank kartasi boşqaruvini qölga kiritgan holda 2 mln 780 ming söm pulini yeçib olganligini, noma’lum şaxsga nisbatan qonuniy çora körişni söragan. Olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari davomida jinoyatni Xatirçi tumanida yaşovçi, muqaddam Jinoyat kodeksining 168-moddasi bilan sudlangan 16 yoşli A.A. va uning 2001 yilda tuğilgan akasi A.Ş. hamda Buxoro viloyatining Kogon tumanida yaşovçi, 1985 yilda tuğilgan N.B. va uning 16 yoşli öğli B.D. sodir etganligi aniqlangan.
Jinoiy guruh soxta havolalardan foydalanib, Telegram messenjeridagi guruh va kanallarda yolğon xabarlarni tarqatgan va 454 nafar fuqaroning bank kartalari boşqaruvini qölga kiritib juda köp miqdordagi pullarni özlaştirgan.
Jinoiy guruh a’zolariga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Birovning plastigini topib olgan opa-singil undagi qariyb 60 mln sömni yeçib oldi












