Özbekiston taşqi işlar vaziri birinçi örinbosari Furqat Siddiqov Pokiston töqimaçilik fabrikalari uyuşmasi direktorlar kengaşi a’zolari G.Ijaz, F.Muxtor va taşkilot boş kotibi Ş.Sattor bilan onlayn-muzokaralar ötkazdi.
Uçraşuvda Pokistonning GSP+ tartibidan foydalaniş tajribasini örganiş va qöllaş sohasida hamkorlikni yölga qöyiş, töqimaçilik sohasida özaro savdo va sarmoyaviy şeriklikni rivojlantiriş masalalari muhokama qilindi.
Pokiston tomoni özbekistonlik işlab çiqaruvçilarga mahalliy töqimaçilik mahsulotlarini Yevropa Ittifoqi me’yorlari va standartlariga muvofiq sertifikatlaşda amaliy yordam körsatişga tayyorligini tasdiqladi.
Assotsiatsiyalar va xususiy tadbirkorlik sub’yektlari örtasida muntazam maslahatlaşuvlar ötkaziş, amaliy hujjatlar almaşinuvini yölga qöyiş maqsadida mazkur yönalişda qöşma işçi guruh tuziş böyiça kelişuvga erişildi.
Tomonlar “Öztöqimaçiliksanoat” aksiyadorlik jamiyati rahbariyati boşçiligidagi yetakçi özbek töqimaçilik brendlari delegatsiyasi Pokistonga taşrifini işlab çiqişga kelişib oldi.












