Özbekistonda bu yilgi qiş fasli izğirinli kunlar bilan boşlandi. Ana şunday şaroitda mamlakatdagi tibbiyot muassasalari faoliyatini muvofiqlaştiriş uçun Soğliqni saqlaş vazirligida uzluksiz iş olib boradigan Ştab taşkil etildi.
Ayni paytda mazkur Ştab hududlardagi 1049 ta oilaviy poliklinika, 1080 ta oilaviy şifokor punkti, tuman, viloyat va respublika şifoxonalari, 2733 ta tez tibbiy yordam xizmati brigadalari, ixtisoslaştirilgan tibbiyot markazlari hamda tibbiyot oliy öquv yurtlari klinikalarining uzluksiz işlaşini muvofiqlaştirib bormoqda.
8 dekabrga ötar keçasi Soğliqni saqlaş vaziri Behzod Musayev boşçiligidagi Ştab mas’ullari Toşkentdagi qator tibbiyot muassasalarining qişki davrdagi faoliyatini örgandi.

«Eng avvalo, har bir bemor nazoratda ekanini özimiz his qilişimiz kerak. Sovuq biz uçun duşman emas. Bunga tayyorgarligimiz bor, şayligimiz bor. Hozir sutka davomida yurtimizdagi barça şifoxonalar faoliyati monitoring va nazorat qilib borilmoqda», — deya vazirning sözlarini keltiradi SSV matbuot xizmati.












