Ona har qanday vaziyatda ham bolasiga dalda bölişga özida kuç topa oladi. Garçi özi daldaga muhtoj bölsa-da. Qançalik oğir bölmasin, içi yiğlab, ustida tabassum qiladi. Çunki köz yoşlari bilan bolasining dardiga malham bölolmasligini biladi.
Farzandiga şifo istab bor-budini, uy-joyi-yu, mol-mulkini sotadi. Yeyişga noni qolmasa birovdan söraşga uyaladigan insonlar ham farzandi uçun oğir damda saxovatpeşalardan kömak istaydi.
“Kasallik sabab bolam yakkalanib qoldi”
Bu bolakay ham oqqon kasalligining oğir turi bilan kuraşib kelyapti. Unga ham bemor örtoqlari qatori yordam kerak. Lekin otasi odamlardan yordam söraşga qattiq istihola qildi. Nima bölgan taqdirda ham bolakayni operatsiya qildiriş kerak. Şu sabab bemorning onasi anonim tarzda, yuzini yaşirib saxovatpeşa odamlardan yordam söraşga qaror qildi.
“Qaniydi özimni çimçilab olsam-u, tuş körayotgan bölsam, uyğonib ketsam. Bolam oqqon kasaliga çalinmagan bölsa. Örtoqlari bilan avvalgidek öynab-kulib yursa.
Oldinlari qişloqqa borganimizda örtoqlari yugurib kelardi. Birga öynab yurişardi. Endi borsak hamma özini olib qoçadi. Xuddi bolamning kasali yuqumlidek.
Beçora bolam örtoqlari içida yakkalanib qoldi. Buning azoblarini körib otasi bilan battar ezilamiz. Bolamda kasallikning qaytalanuvçi oğir varianti aniqlangan. Ilik köçiriş kerak ekan. Tomoq limfoblastlari şişib ketib, umuman gapirolmay qolgandi.
Dadasi işlab turganlarida dori-ukollarini bir amallayotgan edik. Pensiyaga çiqqanlaridan beri qiynalib qoldik. Özim maktabda öqituvçi bölib işlardim. Endi faqat bolamning yonidaman.
Şunda ham odamlardan yordam söraşni, qiynalayotganimizni birov bilişini istamaydilar. Lekin bolamning ahvoli kundan kunga oğirlaşyapti. Ximiyalar natijasida öng quloğida umuman eşitiş yöq. Hozir davolatişning foydasi ham yöq ekan.
Bu kasalligini tuzatib olganimizdan keyin quloğini davolatsak böladi. Doktorlar çap quloğini ehtiyot qilinglar deyişdi. Baxt nima desa, bolalarimning soğliği, deb javob bergan bölardim. Aslida ham farzandning salomatligidan ortiqroq baxt yöq ekan”, - deydi bemorning onasi.
Bemorga oid ma’lumotlar: kartalar bemorning qarindoşi Feruza Rasuljonova nomida
UzCard: 8600 0304 4259 8995
Humo: 9860 0825 3572 8685
“Men ham tuzalişni istayman!”

Bolalarda sut tişlarining tuşişi odatiy hol. Ammo tiş tuşganidan söng qon töxtamasligi tabiiy holat emas. Bundan xavotirlangan Sabohat opa öğlini doktorga olib bordi. Lekin bu stomatologik kasallik emas edi...
Tuşgan tişi örnidan oqayotgan qonni töxtatişganidan söng, Javlonning burni qonay boşladi. Ikki kun davomida qon töxtamadi. Şifokorlar bolakayning burniga tampon qöyişdi.
“Gematologiyaga olib kelganimizda bolamning burni yiringlab ketgan ekan. Zudlik bilan reanimatsiyaga yotqizişdi. Analiz natijalarida oqqon ekanligi aniqlandi.
Kuragi, beli, kaftlariga yaralar toşib ketdi. Kuragidagi va kaftlaridagi yaralar dori-darmon bilan ketdi. Lekin belidagini kesişdi. Beçora bolam keçalari uxlolmay yiğlab, yotib yotolmay, turib turolmay qiynalib çiqardi”, - deydi Sabohat opa köz yoşlarini tiyolmay.
Javlon endigina yetti yoşga tölganiga qaramay, gaplari kattalarnikidek. Xuddiki dard bolakayning bolaligini olib qöygandek ...
“Şunday oğrib çiqardi, keçasi bilan yotolmas edim. Yiringlamagan ekan, qölimdagi yaralarni kesişmadi. Men tezroq tuzalişni xohlayman. Örtoqlarim bilan maktabga borgim kelyapti”, deydi bolakay.
Javlonga ilik köçirib ötkaziş kerak. Taksiçilikdan rözğor tebratayotgan otasi bolasini davolatiş uçun maşinasini, bor-budini sotgan. Yiğgan-terganlarining barçasi şu kungaça bölgan muolajalar uçun sarflangan.
Endi farzandining hayotini saqlab qoliş uçun qayerdan mablağ topişni bilmay, çorasiz qolgan ota-ona yaxşilar kömagiga muhtoj.
“Aya, menam qaçon köçaga çiqib örtoqlarim bilan öynayman, deydi. Savollarini eşitib, derazadan bolalarga havas va hasrat bilan termilib turganini körib, yurak-bağrim ezilib ketadi”, - deydi onaizor.
Javlon Xöjayorovga oid ma’lumotlar:
UzCard: 8600 0609 0695 7528 onasi Sabohat Murodova nomida
Humo: 4073 4200 1084 3104 otasi Umidjon Nomozov nomida
Manzil: Qaşqadaryo viloyati, Qarşi tumani, Olmazor köçasi 16-uy.
“Tuni bilan nafasiga quloq tutib çiqaman”

Taqdir sabab Ziroat opa uç farzandi bilan turmuşidan ajraldi. Kenjatoyi oqqon kasalining oğir formasiga çalinganini bilganidan söng dunyo közlariga qoronği körindi. Farzandiga qöşilib tuşkunlikka tuşdi.
Ona ekan, özini qölga olişi kerakligini tuşunib, kuçli bölişga tirişdi. Içi yiğlab tursa ham, farzandi uçun kulişni örgandi. Çunki tuşkunlikka tuşganida bolasining ahvoli oğirlaşişini tuşundi.
“Bolamning ahvoli oğirlaşib qoldi. Xuddi komaga tuşgandek, yurmadi, turmadi, xonasidan çiqmadi. 24 soat faqat “osma ukol” olardi. Keçqurunlari şu darajada qörqqanimdan nafas olyaptimi deb nafasiga quloq tutib çiqardim.
Boğçasi uyimizga yaqin. Har kuni bolalarning boğçaga borişini derazadan kuzatib turadi. Men ham qaçon yana örtoqlarim bilan boğçaga boraman, deganida yuraklarim örtanib ketadi.
Hamma ketganidan söng qorovuldan iltimos qilib, bolamni boğçaga olib kirib aylantirib çiqaman. Dökonlarga kirgisi keladi, örtoqlari bilan öynagisi keladi, lekin özi ham qörqib qolgani uçun heç kim yöq paytlarigina köçaga olib çiqing, deydi. Boşqa vaqtda özi ham qörqadi.
Çet elda operatsiya qildirişimiz kerak. Lekin özim aliment bilan kun köraman. Ota-onam ham pensiyalarini menga tutişadi. Bolamning dorilari uçun urvoq ham bölmasa-da, şu pulni olayotganimdan iç-içimdan xafa bölib ketaman”, - deydi Ziroat opa.
Abduljamil Abduqayumovga oid ma’lumotlar:
UzCard: 8600 0610 6803 5517 onasi Ziroat Abdumajidova nomida
Manzil: Toşkent şahar, Olmazor tumani, Qorasaroy 1-uy.
“Erim mendan yaşirib köp yiğlaydi”

Sabohat opaning katta öğli ayni şijoati içiga siğmaydigan, maktabni tamomlab, mustaqil hayotga ilk qadamlarni bosadigan yoşda oğir dardga çalindi.
Sinfdoş örtoqlari bilan jismoniy tarbiya institutiga öqişga kiriş uçun tayyorgarlik körayotgan Fozil darslarga borişga ham özida kuç topolmay qoldi.
“Bolam oqqonning oğir varianti bilan oğrigan ekan. Dadasi Rossiyada edilar. Xavotir olmasinlar deb avvaliga ularga aytmadik. Uçinçi marta ximiya olayotganda jim bölib qoldi. Ahvoli oğirlaşdi. Qörqib ketdim.
Taşqarida amakisi bor edi. Çiqib aytdim. Gapirmayapti, endi nima qilamiz, deb yiğlab yubordim. Bormagan joyimiz, qilmagan işimiz qolmadi. Doktorlar dadasini çaqiring, körib zora ahvoli yaxşilansa, deyişdi. Keyin dadasini çaqirib oldik.
Ilik köçiriş kerak, deyişyapti. Doktorlar juda bemalolsizlar, bolani tezroq operatsiya qildiriş kerak, deb urişişadi. Nima qilaylik, pulimiz bölsa qildirmasmidik?! Dadasi kunlik işlarga çiqib keladilar.
Olib kelgan pullarini qay biriga yetkazişni bilmaymiz. Kvartiragami, yeb-içişgami, bolamning dori-darmonlarigami... Erim mendan yaşirib yiğlaydi. Bolam içiga yutadi. Hammasini bilaman, lekin nima qilay, ularning könglidan ötayotganini men ham his qilib turibman”, - deydi Sabohat opa xörsinib.
Fozil Nazarovga oid ma’lumotlar:
Humo: 9860 3501 0955 4039 onasi Dilorom Aşurova nomida
Manzil: Qaşqadaryo viloyati, Qamaşi tumani, “Manğit” MFY, 11-uy.










