Singapurda transport vaziri örinbosari Abdusamat Möminov boşçiligidagi işçi guruhning PSA International kompaniyasi mintaqaviy ijroçi direktori Van Çi Fung bilan uçraşuvi çoğida uşbu kelişuvga erişilgan.
PSA International transport va logistika sohasidagi dunyodagi eng yirik kompaniyalardan biri hisoblanadi. Hujjatda Singapur ilğor tajribalari asosida Özbekistonda yagona raqamli logistika va savdo maydonçasini işlab çiqiş hamda işga tuşiriş közda tutilgan.
Amaliy safar davomida Özbekiston Transport vazirligi vakillariga Singapur dengiz bandargohida bugungi kunda qöllanilayotgan eng ilğor texnologiyalar, CITOS – kompyuter terminallarini boşqariş yaxlit tizimi va PORTNET – bandargohga inson omilisiz yuklarni avtomatik yuklaş va tuşirişning raqamli tizimi, transport vositalari haqidagi batafsil ma’lumotlar taqdim etildi.












