OAVlarda Saudiya Arabistonining «An-Nasr» klubi Kriştianu Ronalduga taklif bilan çiqqani, portugaliyalik yulduzga 2,5 yillik şartnoma va 200 million yevro maoş taklif qilingani haqida xabarlar köpaydi.
Turli manbalar ovoza qilgan bu xabarga keyinçalik Ronalduning özi munosabat bildirdi va «An-Nasr»ga ötişim haqidagi gap-sözlarni qayerdan olyapsizlar, bilmayman. Men u klubga ötmayman», qabilida gapirdi.
Bugun esa Özbekistondagi sportga ixtisoslaşgan internet OAVlari «An-Nasr»da töp tepayotgan hamyurtimiz Jaloliddin Maşaripov özining 7-raqamini 77-raqamga almaştirgani haqida yozdilar. Bu göyo Jaloliddin va «An-Nasr» Kriştianuning kelişiga tayyorgarlik körayotgandek taqdim etilmoqda. Masalaga oydinlik kiritiş maqsadida Tribuna.uz muxbiri Jaloliddin Maşaripov bilan boğlandi.

«Klub Ronalduga taklif bilan çiqqani rost. Taklif qilingan pullar miqdori va şartnoma muddati ham bor gap. Menga klub rahbariyati murojaat qildi: «Jaloliddin, raqamingni olsak, xafa bölmaysanmi? Biz Ronalduga taklif yubordik, u taklifni qabul qilsa va jamoaga kelişni ixtiyor etsa, biz unga bu raqamni böşatib qöymoqçimiz», deyişdi. Men esa bunda muammo yöq, menga 77-raqamni beringlar, dedim. Agar Ronaldu klub taklifini qabul qilmasa, keyingi mavsumdan 7-raqamda yana özim öynayveraman», - dedi Özbekiston milliy jamoasining hujumkor yarimhimoyaçisi.
Şuningdek, Maşaripov Kriştianu Ronalduning jamoaga kelişini özi ham istayotganini aytib ötdi: «Bordi-yu u jamoaga kelsa, bundan faqat xursand bölaman, çunki bu nafaqat klub va Saudiya futboli, balki men uçun ham katta voqelik böladi. Bunday kalibrdagi futbolçi bilan birga töp tepiş hammaga ham nasib qilavermaydi. Oçiği, uning kelişini özim ham kutyapman. Birga öynaş nasib qilsa, undan örganadigan narsalarim köp. Bu rivojlanişimga ham yordam beradi. Uning «Nasr»ga kelişi şaxsan mening kareramdagi yana bir yangi sahifa böladi», - dedi Jaloliddin Maşaripov Tribuna.uz muxbiriga.

Eslatib ötamiz, 37 yoşli portugaliyalik noyabrda «Mançester Yunayted»ni tark etgaç, haligaça erkin agent sanaladi.
Avvalroq, futbolçi Çempionlar ligasida iştirok etayotgan klubda töp suriş istagini bildirayotgan bölsa-da, uning oldida «An-Nasr»dan boşqa taklif yöqligi haqida ma’lum qilingandi.












