Yevropa Ittifoqining Yevropa işlari böyiça vazirlari Bryusseldagi yiğilişda Bosniya va Hersegovinaga (BH) hamjamiyat a’zoligiga nomzod maqomini berişni tavsiya qildi. Bu haqda 13 dekabr, seşanba kuni diplomatik doiralardagi manbalarga tayanib, AFP va Reuters agentliklari xabar berdi.
Yevropa Ittifoqi davlat va hukumat rahbarlari 15 dekabr kuni Bryusselda bölib ötadigan sammitda Bosniya va Hersogovinaga bunday maqom beriş böyiça rasmiy qaror qabul qilişlari kutilmoqda.
Mamlakati hozirda Yevropa Ittifoqiga raislik qilayotgan Çexiyaning Yevropa işlari böyiça vaziri Mikulaş Bekning aytişiça, a’zo davlatlar «Yevropa Ittifoqini kengaytirişga sodiqliklari haqida kuçli signal yuborişadi».
Bosniya va Hersegovina 2016 yilda Yevropa Ittifoqiga a’zo böliş uçun ariza topşirgan, biroq 2022 yilning oktyabridagina Yevropa komissiyasi (YeK) Yevropa Ittifoqi kengaşiga mamlakatga nomzod maqomini berişni tavsiya qilgan edi. Öşanda Yevropa Ittifoqining taşqi işlar va xavfsizlik siyosati böyiça oliy vakili Jozep Borrel aytganidek, bu qaror mamlakatda tub islohotlar ötkazilişiga umid bilan boğliq.
«Bosniya va Hersegovina sönggi oylarda katta islohotlarni amalga oşirdi», dedi Germaniya taşqi işlar vaziri qoşidagi Yevropa işlari böyiça davlat vaziri Anna Lyurman Yevropa Ittifoqi davlatlarining Yevropa işlari böyiça vazirlari qarorini şarhlar ekan.
Iyun oyida Ukraina va Moldova tezlaştirilgan a’zolik uçun ariza berib, YeI a’zoligiga nomzod sifatida tan olingan edi. Gruziya ham xuddi şunday ariza yuborgan, biroq unga faqat «Yevropa istiqboli» maqomi berilgan. Yevrokomissiya Tbilisiga Yevropa integratsiyasi yölida keyingi taraqqiyot uçun 12 mezondan iborat röyxatni yubordi.
Hozirda Ukraina va Moldovadan taşqari Albaniya, Şimoliy Makedoniya, Serbiya, Çernogoriya va Turkiya Yevropa Ittifoqiga a’zolikka rasmiy nomzodlar sanaladi. Biroq, bu davlatlarning heç biri uçun Yevropa Ittifoqiga kiriş şartlari aniqlanmagan.












