Germaniya mudofaa vaziri Kristin Lambrext AQŞning Ukrainaga Patriot zenit-raketa komplekslarini topşirişga tayyorligi haqidagi xabarlar ortidan, Berlin bunday harakatlarni rejalaştirmaganini aytdi. Germaniya NATO böyiça hamkor Slovakiyaga Patriot tizimlarini yetkazib beryapti, keyin esa ularni Polşaga beradi. Ukraina böyiça, Germaniyaning havo mudofaasi sohasida uşbu mamlakatni qöllab-quvvatlaşi Gepard va Iris-T SLM tizimlarini yetkazib beriş bilan çeklangan, dedi u 14 dekabr, çorşanba kuni Berlinda.

Germaniyaning Ukrainaga Patriot yetkazib beriş böyiça pozitsiyasi özgarganmi, degan savolga Lambrext uşbu komplekslarni Kiyevga AQŞ tomonidan yetkazib berilişi mumkinligi haqidagi xabarlar fonida şunday javob berdi. Şu paytgaça Germaniya hukumati Patriot'ning Ukrainaga ötkazilişiga salbiy munosabatini bu majmualar Kiyevga NATOning boşqa birorta davlati tomonidan yetkazib berilmagani bilan izohlab kelayotgandi.

Avvalroq Amerikaning CNN telekompaniyasi va The New York Times gazetasi Oq uydagi manbalariga tayanib, Qöşma Ştatlar Ukrainaga Patriot zenit-raketa komplekslarini yetkazib berişga tayyorligini ma’lum qilgan edi. Xabarlarda qayd etilişiça, Oq uy bu masala böyiça hali yakuniy qaror qabul qilmagan, ammo u haftaning boşida qabul qilinişi mumkin.