Motivatsiyaning yetişmasligi nafaqat iş jarayonini, balki şaxsiy rivojlanişni sekinlaştirişi va hatto boşqalar bilan munosabatlarni ham buzişi mumkin. Agar siz iştiyoq yöqolayotganini his qilsangiz, buning asosiy sababini aniqlaş juda muhimdir. Köpinça bu yettita omildan biri bölişi mumkin.

1.    Nimani xohlayotganligini bilmaslik

«Siz nima istaysiz?» — bu oddiy savol bölib, u har qanday motivatsion nutqda birinçilardan bölib eşitiladi. Afsuski, köpçilik bu savolga aniq javob bera olmaydi. Ana şunda özingizga boşqa savollar berişga harakat qiling: «Menga qanday natija kerak?», «Agar hamma narsa rejaga muvofiq bölsa, mening hayotim qanday bölişi kerak?» Javoblar ularni amalga oşiriş uçun qilinişi kerak bölgan istak va qadamlarni aniqlaşga yordam beradi. Buning nima ekanligini bilmasangiz, motivatsiyani topiş qiyin. Uşbu qoida qarama-qarşi yönalişda ham qöllanadi. Biz nimaga muhtoj ekanligimizni tuşunganimizda va maqsadlarimiz va intilişlarimizni batafsil tasvirlab berganimizda, ilhom öz-özidan paydo böladi.

Futbol muxlisidan uning sevimli jamoasi haqida sörang. U bu savolga javoban klubning barça öyinlari, öyinçilarning pozitsiyalari va ehtimol, neça yillar oldingi öyinning ikir-çikir tafsilotlarigaça aytib berişi mumkin. Agar siz öşa odamdan özi haqida sörasangiz, u keça nonuştada nima yeganini ham eslay olmaydi. Bu tafakkur yetişmasligi emas, balki e’tiborsizlik natijasidir.

Qanday bartaraf etiş mumkin? Har bir yönalişda aniq maqsadlarni belgilab oling: soğliqni saqlaş, moliya, öz-özini rivojlantiriş, iş, munosabatlar. Kundaliklarga istaklarni yozib, ularni qanday amalga oşiriş haqida reja tuzgan ma’qul. Körasiz, motivatsiya sizni köp kuttirmaydi.

Foto: AP

2. Tana “til”ini tuşunmaslik

Tasavvur qilaylik, motivatsiyaga ega bölmagan odam qanday körinişga ega bölişi mumkin? Qanday ötiradi? Uning umurtqa poğonasi tekismi yoki notekis? Yelkalar tik holatdami yoki bukçaygan?

Endi maqsadi aniq bölgan odamni tasavvur qiling. Aynan şu narsa ham motivatsiya berişi mumkin. Özingiz öxşaşni xohlagan odamning holati va imo-işoralarini takrorlaş sizning iştiyoqingizni oşirişga yordam beradi.

Qanday bartaraf etiş mumkin?  Harakat motivatsiyaga olib keladi, ya’ni agar siz iştiyoqni his qilmoqçi bölsangiz, tanangizni boşqarişni boşlang. Özingizni tomoşa qiling va biror narsani kuçli darajada xohlaganingizda qanday harakat qiliş va özingizni tutişingizga e’tibor bering. Qolgani juda oddiy. Siz motivatsiyani yöqotayotganingizni his qilsangiz, uşbu harakatlarni takrorlang va miyangiz tezda tanaga ergaşadi.

3. Katta maqsadlardan qörqiş

Biz nimaga erişmoqçi bölsak: kitob yoziş, oziş, yaqin odam bilan munosabatlarni yaxşilaş — bizning xohişimizning kuçi uning amalga oşirilişiga bevosita ta’sir qiladi.

Köpçiligimiz orzularimiz va maqsadlarimizni jiddiy ravişda çeklaymiz, bu holat motivatsiyasini “öldiradi”. Biz özimizga va boşqalarga boş aylantirar darajadagi muvaffaqiyatga muhtoj emasligimizni aytamiz. Bu juda xavfli dunyoqaraş. Bu nafaqat maqsadlarimizning şijoati va xilma-xilligini, balki ularga erişiş uçun tayyor bölgan harakatlarimizni ham susaytiradi.

Qanday bartaraf etiş kerak? Uşbu muammoni hal qiliş uçun köpaytiriş qoidasini 10 ga oşiriş kerak böladi. Uning mohiyati şundayki, siz xohlaganingizdan 10 baravar katta maqsadlarni belgilaş va ularga erişiş uçun 10 baravar köproq harakat qilişingiz kerakligini anglatadi. Uşbu tamoyil sizga turli xil yondaşuvlarni sinab köriş va köp maqsadlarni amalga oşirişga yordam beradi.

4. Maqsadlarning umumiyligi

Bunda motivatsiya tartibsiz va tezkor. Uni uzoq vaqt davomida bitta vazifada uşlab turiş qiyin. Aytaylik, siz özingizga juda oqilona maqsadlar qöydingiz: masalan, erta tongda turiş, köproq sport bilan şuğullaniş, töğri ovqatlaniş. Avvaliga sizda motivatsiya yetarlidek tuyuladi, ammo tez orada uning yöqligiga guvoh bölasiz. Bu maqsadlar juda ham umumiy bölganda sodir böladi.

Qanday bartaraf etiş mumkin? Özingiz uçun aniq maqsadlarni belgilang va bundan ham yaxşisi — ularga erişiş uçun bosqiçma-bosqiç reja tuzing. Masalan, har kuni soat 7:00 da uyğoning, duşanba, çorşanba va juma kunlari bir soat davomida sport bilan şuğullaning va ratsiondan şakarni çiqarib taşlang. Bunday odatlar sizni yanada e’tiborli qiladi va uzoq vaqt davomida motivatsiyani saqlab turişga imkon beradi.

5. Stress

Qaçonlardir sizda ham çarçoq va umidsizlik bölganda özingizga “hammasidan voz keçdim, qölimdan kelmaydi” deb aytgan bölişingiz mumkin, Bunday holatlarning sababi nima bölişidan qat’i nazar, stress holatida motivatsiyani saqlab qoliş qiyin.

Qanday bartaraf etiş mumkin? Köpaytiriş qoidasi, albatta, yaxşi, lekin undan oqilona foydalaniş kerak. Agar sizning boşingiz aylanib,  bor kuçingizni yöqotgan bölsangiz, eng oliy maqsadingiz va hozirgi imkoniyatlaringiz orasidagi oltin örtaliqni toping.

Asl muammo şundaki, siz bir neçta vazifalarni birvarakayiga bajarişga intilgansiz. Yaxşisi, ularni navbati bilan bajargan ma’qul. «Ikki quyonni baravar uşlamoqçi bölgan ovçi ularning ikkisidan ham ayriladi. Bir vaqtning özida bir neçta vazifani boşlab qöyib, bittasini ham köngildagidek yakunlay olmagandan köra,  asosiysini çiroyli qilib bajariş muhim.

6. Har bir işni keçiktiriş

U birdaniga namoyon bölmaydi. Köpinça biz nima qilişni va qanday vazifani bajarişni bilmaymiz. Noaniqlik keyinçalik dangasalik va keçikişni keltirib çiqaradi va ular motivatsiyani yöq qiladi.

Qanday bartaraf etiş mumkin? Keçiktiriş orqali ortga surilayotgan biror vazifani oling va uni bajariş uçun qaysi qadamni qöyiş mumkinligini aniqlang.

Masalan, siz uyingizni tozalaşingiz kerak, lekin örningizdan turişni ham xohlamaysiz. Quruq gapdan köra, biror yumuşni tanlang va boşlang. Şkafni tozalang, pollarni arting. Ehtimol, şundan keyin özingizda harakat qiliş istagini uyğotasiz.

7. Foydasiz odatlar

Motivatsiya yöqligining eng muhim va keng tarqalgan sababi oddiy: ilhomni doimiy ravişda his qilib bölmaydi. Bizga haddan taşqari ta’sir qiladigan odamlar özlarining kundalik odatlari sababli bizda şunday taassurotni yaratadilar.

Agar tanangiz vazifani bajarişga odatlangan bölsa, har kuni ertalab soat beşda turiş uçun ilhomlantiruvçi moslamalar kerak emas. Şunday qilib, motivatsiyaning siri aniq odatlarga boğliq. Ular bizga avtomatik ravişda maqsadlar tomon harakat qiliş imkonini beradi. Biz buni qilişga odatlanib qolamiz.

Qanday bartaraf etiş mumkin? Maqsadga erişişning oson yöli – quyidagi şablonga amal qilişdir.

Maqsadni tanlang. Kelgusi yilda qanday katta natijaga erişmoqçi ekanligingiz haqida öylang.

Maqsadingiz tomon olib boradigan har bir bilimni özlaştiring. Siz qançalik çuqur kirib borsangiz, yölingiz şunça ravşan böladi.

Har kuni takrorlaşingiz mumkin bölgan foydali odatni toping. U şunday bölişi kerakki, hayot tarzingizga aylantiriş oson bölsin. Şunday qilsangiz, asta-sekin bu hayotingizning bir qismiga aylanadi.

Sanab ötilgan yetti omildan qaysi biri sizning motivatsiyangizni “öldirayotganligini” aniqlang va öz ustingizda işlaşni boşlang. Vaqt ötişi bilan eng qiyin vazifalarni hal qiliş jarayonida ham ğayratli böliş qançalik osonligini sezasiz.

Maxsuma Oqqöziyeva tayyorladi.