Tabiat inson tanasini sokinlik bilan davolaydi. Yaşil daraxtlar, quşlar sayraşi va şamol şovqini tanadagi asab tizimini osoyişta holatga keltiradi. Yaşil olamda qisqa muddat bölişning özi yurak urişini sekinlaştiradi, qon bosimini me’yorga keltiradi va tanadagi stress gormonlarini kamaytiradi.

Xotirjamlik kuçayadi

Buyuk Britaniyada ötkazilgan yirik ilmiy tadqiqot natijalari şuni körsatdiki, insonning soğlom hayoti va ruhiy farovonligi tabiat bilan qay darajada aloqada bölişiga bevosita boğliq. Exeter universiteti olimlari olib borgan tadqiqotda 20 mingga yaqin iştirokçi qatnaşgan. Ularning kundalik hayot tarzi, soğliği va tabiatda ötkazgan vaqti tahlil qilinganda haftasiga kamida 120 daqiqa (ya’ni ikki soat) tabiat qöynida bölgan odamlar özlarini soğlomroq, tinçroq va baxtliroq his qilişlarini bildirgan.

Bu ikki soatni bir kunda yoki hafta davomida qisqa muddatlarga bölib ötkaziş ham yetarli böladi, muhim jihati, inson organizmi tabiat bilan bevosita aloqa qilayotganini his qilişi. Daraxtlar orasidagi, boğda işlaş yoki oddiygina parkda ötiriş ham bu ta’sirni beradi.

Gormonlaringiz muvozanatga keladi

Oçiq havoda, ayniqsa, daraxtzor yoki örmon muhitida vaqt ötkaziş natijasida tanadagi kortizol va adrenalin miqdori, ya’ni stress gormonlari tabiiy ravişda kamayadi. Şu bilan birga, immun tizimining himoya hujayralari, xususan, “natural killer” (NK) hujayralar faollaşadi. Uşbu hujayralar organizmni virus va yalliğlanişlardan himoya qiladi.

Yaponiyada ötkazilgan maşhur “shinrin-yoku” (örmon vannasi) tadqiqotlari şuni körsatdiki, uç kunlik qarağay örmonida dam olgan insonlarning tanasida NK hujayralari soni sezilarli darajada oşgan va bu körsatkiç kamida bir haftagaça yuqori darajada saqlanib qolgan. Olimlar mazkur holatni daraxtlar çiqaradigan tabiiy aromatik moddalar – fitonsidlar ta’siri bilan izohlaydi. Fitonsidlar nafas yöllari orqali tanaga kirganda asab tizimini tinçlantiradi, yurak urişini sekinlaştiradi va immunitetni faollaştiradi.