Prezident qaroriga muvofiq labor-migration dasturiy majmuasida röyxatdan ötgan, kasb-hunar yoki xorijiy tillarga öqigan va taşkillaştirilgan tarzda mehnat migratsiyasiga ketayotgan fuqarolarga kompensatsiya tölanadi.
Bunda kompensatsiya:
xorijiy tillar yoki kasb böyiça malaka imtihonlarini topşiriş bilan boğliq xarajatlarini qoplaş uçun, ular muvaffaqiyatli topşirilganda – BHM 3 baravarigaça miqdorda (900 ming söm, 2022 yil 1 iyundan);
yöl çiptasini xarid qiliş bilan boğliq xarajatlarini qoplaş uçun – BHM 2 baravarigaça miqdorda (600 ming söm, 2022 yil 1 iyundan);
rivojlangan davlatlarda mehnat faoliyatini amalga oşirişga “işçi viza”ni rasmiylaştiriş bilan boğliq xarajatlarini qoplaş uçun – BHM 5 baravarigaça miqdorda (1 mln 500 ming sömgaça, 2022 yil 1 iyundan) tölanadi.
Mehnat migratsiyasiga ketayotgan fuqaro labor-migration dasturiy majmuasi orqali masofaviy tarzda yoki bevosita Taşqi mehnat migratsiyasi agentligi va hududiy filiallariga ariza bilan murojaat qiladi. Ariza Taşqi mehnat migratsiyasi agentligi tomonidan 1 iş kuni içida körib çiqiladi.











