Tailand Milliy muzeyi 1874 yilda Qirol Çulalangkorn (Rama V) farmoni asosida taşkil etilgan. Muzey öz fondi hamda arxeologiya va arxivşunoslik yönalişlarida faoliyat yurituvçi ekspertlariga ega.
Tadbir davomida Özbekiston va Tailand xalqlari örtasidagi munosabatlar qadim 2 ming yillik tarixga ega bölib, buddizm Janubiy-Şarqiy Osiyoga tarqaliş yöllaridan biri ham aynan Markaziy Osiyo, Özbekiston orqali ötgani tarix özaro boğliqligi ifodasi ekani ta’kidlandi.
Imzolangan memorandumga muvofiq, buddaviylik obidalari saqlanişi, qayta tiklanişi hamda ularni muhofaza etiş, mazkur hududlarga turistlar oqimini köpaytiriş böyiça Özbekistonga Tailand tajribasini jalb etiş, ilmiy doiralar örtasida özaro tadqiqotlar, birgalikda arxeologik qazişmalar ötkaziş, Özbekistondagi buddaviylik yodgorliklari töğrisida Tailand jamoatçiligi xabardorligini oşiriş maqsadida tay tomoni Özbekistonga safarini taşkil etiş va boşqa loyihalarni amalga oşiriş közda tutilgan.
Bugungi kunda Fransiyaning Luvr muzeyida Özbekiston madaniy merosi körgazmasi ötkazilayotgani, unda mamlakat hududidan topilgan buddaviylik yodgorliklari ham taqdimot asosiy eksponatlari qatoridan joy olgani alohida qayd etildi. Kelgusida Tailand hududida ham Özbekiston madaniy merosi körgazmasi taqdimotini ötkaziş imkoniyatlari mavjudligi ta’kidlandi.












