"Özgidromet" xabariga köra, respublika böyiça havo biroz bulutli böladi, ba’zi joylarda özgarib turadi, yoğingarçilik kutilmaydi, faqat Farğona vodiysining ayrim hududlarida kuçsiz qor yoğişi mumkin. Havo harorati 2-7 daraja iliq, respublika şimolida 3 daraja sovuq-2 daraja iliq atrofida böladi.
Dam oliş kunlari respublikaning barça hududlarida quruq va asosan kam bulutli ob-havo bölişi kutilmoqda. Keçasi va ertalab respublikaning ayrim hududlariga tuman tuşişi mumkin.
Şanba kuni Özbekiston böyiça sovuq havo massasining ta’siri saqlanib turadi, yakşanba kuni esa respublika hududidan sovuq havo çekina boşlaydi va kunduz kuni havo 7-10 daraja iliqqaça, janubda 11-13 daraja iliqqaça kötariladi.












