Jizzax viloyati Ş.Raşidov tumanida bir ayol eri tomonidan piçoqlab öldirilgan, qotillikka oilaviy janjal sabab bölgan. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.

Hodisa 2022 yil 19 dekabr kuni soat 18:00 larda Şarof Raşidov tumani Fayziobod mahallasida sodir bölgan.

Ma’lum bölişiça, 1972 yilda tuğilgan erkak va uning 47 yoşli turmuş örtoği örtasida oilaviy kelişmovçilik sababli janjal kelib çiqqan.

Janjal vaqtida erkak qölida bölgan oşxona piçoği bilan xotinining öng yelka qismiga urib tan jarohati yetkazgan. Oqibatda, oğir tan jarohati olib RŞTYoIMning Jizzax filialiga yotqizilgan ayol körsatilgan muolajalarga qaramasdan vafot etgan.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 104- moddasi 3- qismi “d” bandi bilan jinoyat işi qözğatilgan. Erkak protsessual tartibda uşlanib, vaqtinça saqlaş hibsxonasiga joylaştirilgan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Dastlabki suriştiruvda aniqlanişiça, erkak şu vaqtga qadar spirtli içimlik iste’mol qiluvçilar va oilaviy janjalkaşlar sifatida IIOning profilaktik hisobida bölmagan. Şuningdek, oila mahallada ijobiy tavsiflanib, janjalkaş oilalar röyxatida turmagan.