IIVning Kun.uzʼga xabar qilişiça, keyingi yilning 1 yanvariga qadar Toşkent avtovokzalida yöl haqi çiptalari 5-10 ming sömgaça çegirma narxlarda sotiladi, avtobuslar soni köpaytiriladi.
“Quriliş avtotex ta’minot” unitar korxonasiga qaraşli “Boburşoh” avtoturargohida joylaşgan “Vodiy” avtoturargohidagi haydovçilar uçun bir martalik patta tölovi 15 ming sömdan 10 ming sömga tuşirildi.
Şu bilan birga, “Olmazor” metro stansiyasi va “Toşkent” avtovokzali atrofida joylaşgan “Voha” avtoturargohidan Samarqand, Buxoro, Navoiy va Jizzax viloyatlariga qatnovçi avtotransport vositalari uçun olinadigan 2 ming 500 sömlik patta tölovi bekor qilindi.
Örganişlarga köra, hozirda Toşkent şahar – Farğona vodiysi yönalişidagi avtomobil qatnovi narxlari örtaça 150 ming sömni taşkil qilmoqda. Bu eski narx (100-110 ming söm)dan 30-40 ming sömga oşganini körsatyapti.
Poytaxtdan voha viloyatlari (9 ta hudud)ga qatnaydigan avtomobillarning yöl haqi esa örtaça 35-45 foizgaça qimmatlaşdi. Xususan, Gulistonga 40 ming söm (eski narx – 20 ming söm), Samarqandga 150 ming söm (eski – 80 ming söm), Nukusga 450 ming söm (eski – 300 ming söm) söraşmoqda.
Vazirlikka köra, maxsus işçi guruhi haydovçilar bilan narxlarni sun’iy ravişda oşirmaslik borasida profilaktik suhbat ötkazgan. Bunday holatlarni aniqlaş va oldini oliş maqsadida Özbekistondagi barça yölovçi taşiş avtovokzallari, avtostansiyalar va sun’iy taşkil qilingan avtoturargohlarga içki işlar organlarining rahbar xodimlari mas’ul etib biriktirilgan, ularning navbatçiligi taşkil etilgan.
Ma’lumot uçun, bu yil ta’til davrida Toşkent şahridagi OTMda tahsil olayotgan jami 185 ming 800 nafar talabaning 93 mingga yaqini özining doimiy yaşaş joyiga qaytişi kutilmoqda.












