Holat 24 dekabr kuni bölgani aytilmoqda. U farzandini uradi va Rossiya davlatiga işlaş uçun ketgan turmuş örtoğiga jönatadi. Uşbu voqea internetda tarqalgan kuni keçasi uşbu xonadonga tuman hokimligi mutaxassislari, tibbiyot xodimlari yetib boradi.
Ayni paytda ayol va uning ikki farzandi tuman tibbiyot birlaşmasiga olib kelingan. Şifokorlarning aytişiça, kaltaklangan qizaloqning ahvoli yaxşi, heç qanday jarohat olmagan.

Ayol suhbat davomida turmuş örtoği bilan sönggi paytlarda kelişmay qolgani, uni köp haqorat qilişi haqida gapirdi. Öşa kuni ham örtada oğir gaplar aytilgaç, özini töxtata olmay qolganini ma’lum qildi u.
“Hamma ota-ona ham farzandini urişi mumkin. Biroq men turmuş örtoğimga aççiq qilib bunday qilganimdan qattiq afsusdaman. Bolalarimni jonimdan ortiq yaxşi köraman. Endi erim bilan yaşamagan taqdirimda ham bolalarimni olib ketaman va heç qaçon ularga tazyiq ötkazmayman. Qattiq asabiylaşdim, şu sababli özimni töxtata olmay qoldim”, – dedi ayol.
Ma’lum bölişiça, hozirgisi ayolning ikkinçi turmuşi bölib, birinçi turmuşidan farzand körmagan. Dastlab erining bir nafar farzandini tarbiyalab boşlagan. Şundan söng özi ham tört nafar farzand körgan. U agar ajraşgan taqdirda ham nafaqat öz bolalari, balki ögay farzandi rozilik bildirsa, uni ham qaramoğiga olmoqçiligini bildirdi. Bolalarisiz yaşamoqçi emas.
Biz ayolning qaynonasi bilan ham suhbatlaşdik. Onaxon kelinining rözğori alohida ekani, uning oila tutumidan heç qanday noroziligi yöqligi bildirdi. Biroq nabiralariga zuğum ötkazganiga çiday olmasligini aytdi.
“Kelinimning menga heç qanday oğirligi tegmaydi. Bolalarini urmasa, eri bilan inoq bölib yaşasa böldi. Ana, özlari alohida köçib çiqişgan, tinçgina yaşaşsin”, – dedi Q.Islomova.
Bolasini kaltaklagan ayol bilan suhbatlaşib, uning ruhiy holatini örgangan psixolog Faroğat Şukurova ham öz xulosasini berdi.

“Suhbat davomida tuşundimki, öşa kuni turmuş örtoği bilan jiddiy tortişib qolgan. Alamini yonida turgan bolasidan olgan, eriga nimanidir isbotlamoqçi bölgan. Bu kuçli ruhiy holatdan kelib çiqqan. Çunki öşa paytdayoq afsuslana boşlaganini aytyapti. Hozir ham puşaymon. Bolalari ham undan hayiqayotgani, qörqayotgani yöq. Ona ayni vaqtda bolalari uçun xavfli emas, deb öylayman. Biroq hali butunlay ruhiy tuşkunlik, hayajonlar ayolni tark etmagan. Kamida yigirma kun davomida uning yonida yaqinlari, oila a’zolari bölişi, ruhşunosning daldasi ham kerak böladi”, – dedi psixolog Şukurova.

Urgut tumani hokimining örinbosari, oila va xotin-qizlar bölimi boşliği Gulşoda Nuriddinova ham ayol va bolalarining ruhiy holati, soğliği nazoratga olinganini bildirdi.
Samarqand viloyati IIB axborot xizmati holat yuzasidan G.O.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 110-moddasi 2-qismi va 112-moddasi 1-qismi bilan jinoyat işi qözğatilganini ma’lum qildi.
Eslatib ötamiz, 2022 yilning iyun oyida Payariq tumanidagi şifoxonada xuddi şunday holat kuzatilgandi. Bemor farzandini kaltaklagan onaga keyinçalik sud hukmi öqilib, unga nisbatan ikki yil muddatga ozodlikni çeklaş jazosi tayinlangandi.
Isomiddin Pölatov,
Kun.uz muxbiri.
Tasvirçi va montaj ustasi: Faxriddin Hotamov.











