Reportaj: Samarqandlik ayol gödagini nega qiynoqqa soldi?
|22:03 / 17.06.202265 9247 min
Kun.uz muxbiri internetda kun salbiy qahramoniga aylangan ayolning eri va voqea atrofidagi insonlar bilan suhbatlaşdi. Bolaning nogironligi va soatlab tinimsiz yiğlaşi onaning ruhiy zöriqişiga sabab bölgan bölişi mumkin.
Ona bilan dastlab Payariq tumanidagi Çelak şifoxonasi bolalar bölimi mudiri Faxriddin Döstmatov suhbatlaşgan. Uning aytişiça, bolakay viloyat köp tarmoqli bolalar markazida bolalar tserebral falajidan davolanib turadi. Ayol bu markaz tomonidan yozib berilgan dorilarni olib kelib, hududiy şifoxonada ambulator tartibda davolaşni söragan. Ona-bola ikki kun Çelak şifoxonasida ambulator tartibda muolaja olgan.
Öşa kunlari ular bilan bir palatada bölgan ayol onaning bolasiga qilgan harakatlarini tasvirga olib, ijtimoiy tarmoqlarda tarqatgan.
Döstmatov ona bilan suhbatlaşganda unda ortiqça asabiylik körmaganini qöşimça qildi.
Samarqand viloyat Içki işlar boşqarmasi onaga nisbatan jinoyat işi qözğatilganini ma’lum qildi. U Payariq tuman IIB binosiga olib borilgan va tergov qilinmoqda. Şu sababli ayol bilan suhbatlaşişga ruxsat berilmadi.
“Ayolning oilaviy şaroitidan yaxşi xabardorman. Bunday holatga şu paytgaça guvoh bölmaganmiz, ortiqça gap ham eşitmaganmiz. Ikki yil davomida bemor bolaga qarab yuriş oson emas. Ayol bolalariga mehribon, viloyatma-viloyat yurib, bolasini davolatişga harakat qilyapti.
Bola doim yuqori haroratda bölib, uxlamay çiqadi. Ayol juda çarçagan. Şu kunlarda nafaqat gödakka, balki onaning öziga ham yordam kerak, deb hisoblayman”, – dedi Boşqörğon mahallasi raisi Erkinoy Xudoyberdiyeva.
Hudud patronaj hamşirasi Gulnora Mahmudova bolasini kaltaklagan ona bilan har hafta muloqotda bölişini aytdi. Bola yetti oylik bölib tuğilgan. Uning aytişiça, biror marta onada agressiv harakatni sezmagan. Aksinça, bolalarini yaxşi körişiga guvoh bölganini aytmoqda.
Mavzuga oid
Bola ayni vaqtda viloyat köp tarmoqli bolalar markazida, şifokorlar nazoratiga olingan. Markaz boş vraçi Mamatqul Azizov bola haqiqatan ham şu yerda davolanib turişini tasdiqladi. U bolalar tserebral falajligi bilan tuğilgan.
Azizovga köra, hozirça bolaning holati oğir va bu holat uning tuğma kasalligi bilan boğliq.
Dastlabki körikka köra, bolada sepsis belgilari bor. Şuningdek, issiği baland, ozğin, oqsil va ovqat yetişmovçiligi bor. Şu sababli jonlantiriş bölimiga yotqizilgan.
Boş vraç bolaning badanida kökariş va heç qanday jarohat alomatlari yöqligini qöşimça qildi.
“Ayolim farzandlarimizga doim mehribon”
Biz bolaning otasi bilan suhbatlaşib, yuqoridagi holatga izoh söradik. Ota biz bilan suhbatlaşgunga qadar tarqalgan videoni hali körmaganini bildirdi. Şu sababli ayolimdan vahşiylarça harakatni kutmayman, dedi.
Er, şuningdek, ayolining nafaqat katta farzandi, balki öşa zuğum qilingan bolaga ham avval biror marta ortiqça harakatini sezmaganini aytdi.
Ular farzandining tuzalib ketişiga umid bildirib, doim davolatib kelmoqda. Har davolangandan söng ikki-uç oy bolada biroz ijobiy özgariş böladi va yana 24 soatlab yiğlaydi, tez-tez harorati kötariladi. Er-u xotin tonggaça navbati bilan bolani ovutiş, kötarib çiqişga odatlangan.
Erkak ayolining bu harakatini oqlamasa-da, uning mehribonligini e’tirof etdi. Ayoliga tanbeh berişi, biroq farzandiga özi onalik qilişini istaşini bildirdi.
Markaz boş vraçi Azizov bolakay kamida şifokorlar nazoratida bölişini va otasi istagan vaqtda uni körişga ruxsat berilişini ma’lum qildi.
Mavzu ijtimoiy tarmoqlarda muhokama qilinyapti
Voqea ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamalarga sabab bölmoqda. Tarmoq foydalanuvçilari orasida ayolni keçirmaslik, qat’iy çora köriş talab qilayotganlar bor. Öz navbatida, ayrim tarmoq faollari ayolni jazolaş çora emasligi, uning ruhiy va oilaviy şaroitini örganib, yordam berişni taklif qilmoqda.
Hilola Murtazoyeva: “Har qanday şaroitda ham bolani döpposlaşning bir uzri yöq, nega uradi voyaga yetmagan himoyasiz bolani? Har qanday sabab qilib bölingan jinoyatni oqlamaydi”.
Ubaydullo Mustafo: “Bolaning tarbiyasini majruhlarga işoniş töğri bölmaydi. Bola bularning tarbiyasini olib komil inson bölişiga işonib bölmaydi”.
Sirojiddin Rauf: “Bolani olib qöyiş kerak. Öziyam norozi bölmaydi...”
Asliddin Alimardon: “Videoning özi körsatib turibdi: ayolning tinkasi qurib, qoqsuyak bölib qolgan. Albatta, zörkaltakni heç nima bilan oqlab bölmaydi, ammo masala jamiyat darajasiga kötarilgan ekan, ayolni ayblayotgan jamiyat ayolning nega şu holga kel(tir)gani haqida ham öylaşi, xulosa qilişi kerak”.
Muhabbat Nazar: Tinkasi qurigan bolani urib taşlaş – vijdonsizlik. Umuman, oilaga moddiy va ma’naviy kuçli dastak kerak. Bundan keyin viloyat rahbari oilani e’tibordan çetda qoldirmaydi, deb umid qilamiz. Onaga psixologik yordam körsatilsa, hammasi joyiga tuşib ketadi. Ona-bolani bir-biridan ajratib bölmaydi.
Nazokat Azim: Voh! Bu beçoralik qursin. Nogiron bolali oilalarni qöllab-quvvatlaş tizimini mukammallaştiriş kerak. Şu onani jazolaşning heç kimga nafi yöq. Özidan ötganini özi bilyapti. Nogiron tuqqaniga hamma onani ayblaydi, odatda. Bu juda oğir mavzu. Men ham rahm qilişlarini sörayman.
Bobur Norov: Bu stressda böladimi, boşqa holatdami, Alloh yaratgan ne’matni bandasi jazolaşga haqqi yöq. Bu ayolni jinnixonaga yotqiziş kerak, davolaş kerak, onalik xuquqidan mahrum qiliş kerak. Aks holda bu bolani öldirib qöymasligiga kim kafolat beradi?
Asliddin Mustafoyev: Ayol bilan bolaning taqdirini endi qonun belgilaydi. Ammo jamiyat bu signalni ötkazib yubormasligi kerak. Yaqinda öqidim, ajrimlar soni yana oşibdi. Bu – yetim bolalar sonining oşgani. Ularning onalari endi ham ona, ham ota örnida bölişga majbur. Zimmadagi bunday majburiyat kuçli irodasi bölmagan har qanday odamni sindiradi. Ruhiy zöriqişiga sabab böladi... Bu yoğini tasavvur qilişning özi dahşat.
Eslatib ötamiz, onaga Jinoyat kodeksining 110-moddasi 2-qismi, ya’ni voyaga yetmagan şaxsni qiynaş bilan jinoyat işi oçilgan.