2022 yil 16 iyun kuni ijtimoiy tarmoqlarda şifoxonada ayol ikki yoşli bolasini kaltaklagani tasvirlangan video tarqaldi. Keyinroq mazkur hodisa 2022 yil 14 iyun kuni Payariq tumanidagi şifoxonada sodir bölgani aniqlangan.
Payariq tumani «Boşqörğon» MFYda yaşovçi, 1988 yilda tuğilgan ayol 2020 yilda tuğilgan farzandini davolatiş uçun şifoxonaga olib borib, u yerda stress va asabiy holatda farzandini urgani ma’lum bölgan.
Öşanda holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 110-moddasi (Qiynaş) 2-qismi bilan jinoyat işi qözğatilgandi.
Oliy sud matbuot xizmatining xabar berişiça, Jinoyat işlari böyiça Payariq tumani sudida ikki yoşli farzandini kaltaklagan ayolga hukm öqilgan.
Sudda bolaning buvisi kelinini onalik huquqidan mahrum qilib, nabirasini öziga olib berişlarini söragan. Sud hukmiga köra, ayolga ikki yil muddatga ozodlikni çeklaş jazosi tayinlangan.












