“Mahalliy ijroiya hokimiyati töğrisida”gi qonun loyihasi e’lon qilindi.

Hokimlarni lavozimidan muddatidan oldin ozod etişning aniq asoslari belgilanmoqda:

  • Özbekiston Respublikasi Hukumati tarkibi yangilanganda;
  • xalq deputatlari Kengaşlari tomonidan bildirilgan işonçsizlik votumi tasdiqlanganda;
  • hokimlar faoliyatining samaradorligini baholaş natijalari böyiça muntazam (2 yil davomida) salbiy körsatkiç qayd etilganda;
  • odob-axloq qoidalari muntazam ravişda, ya’ni 1 yilda 2 martadan ortiq buzilganda;
  • mahalliy ijroiya hokimiyati faoliyatining oçiqligiga qöyilgan talablar buzilganda.

Mahalliy ijroiya hokimiyati faoliyatining oçiqligiga oid talablar belgilanmoqda, xususan kamida 9 turdagi ma’lumotlar hokimliklar rasmiy veb-saytlarida doimiy joylaştirib borilişi taklif etilmoqda, masalan:

  • qişloq xöjaligiga möljallangan yer uçastkalariga ijara huquqini beriş böyiça oçiq tanlov ğoliblari bölgan şaxslar töğrisida ma’lumotlar;
  • mahalliy budjetlarning rejadan orttirib bajarilgan qismi va mazkur mablağlar yönaltirilgan maqsadlar töğrisidagi ma’lumotlar;
  • ötkaziladigan barça ommaviy tadbirlar (majlislar, kengaşlar, uçraşuvlar va boşqalar) töğrisidagi ma’lumotlar;
  • hokim va uning örinbosarlari yaqin qarindoşlari töğrisidagi ma’lumotlar (familiyasi, ismi, otasining ismi);
  • hokim va uning örinbosarlarining har oylik mehnatga haq tölaş tarzidagi daromadlari töğrisidagi ma’lumotlar va boşqalar;
  • hokimliklarning ommaviy tadbirlari oçiq holda ötkazilişi va unda ommaviy axborot vositalari vakillari tösiqlarsiz iştirok etiş huquqi, uşbu tadbirlarda audio, video va boşqa ovoz yoziş vositalaridan foydalanişga haqli ekanligi belgilanmoqda;