Saralaş komissiyasiga 2021 yil 1 yanvardan 2022 yil 1 oktyabrga qadar premerasi bölib ötgan jami 85 ta film, xususan, 25 ta badiiy, 55 ta hujjatli va 5 ta animatsion film havola etildi.
Kinotaqdimot saralaş komissiyasi tomonidan 16 ta nominatsiya ğolibligiga 5 tadan nomzodlar saralab olindi. “Tomoşabin mehrini qozongan film” nominatsiyasi ğoliblari maxsus platformada va ijtimoiy tarmoqlarda ovoz beriş yöli bilan aniqlandi.
Tadbirda bir qator özbek kinoijodkorlari va kino sohasi vakillari quyidagi nominatsiyalar böyiça taqdirlandi:
- “Kinematografiyaga qöşgan hissasi uçun” — Hamidulla Akbarov hamda Yoqub Ahmedov
- “Eng yaxşi hujjatli film” – “Matonat”
- “Eng yaxşi animatsion film” — “Buyuk ipak yöli böylab sayohat”
- “Eng yaxşi kompyuter grafikasi” – “Abdulla Qodiriy” filmi uçun Davlat Arabşoyev.
- “Eng yaxşi ovoz rejissyori” – “Muhabbat bahori” filmi uçun Abduqahhor Karimov.
- “Eng yaxşi montaj işi” – “101 reys” filmi uçun Xurşid Alixöjayev.
- “Eng yaxşi grim rassomi” — “Muqimiy” filmi uçun Galina Ivanova.
- “Eng yaxşi libos böyiça rassom işi” – “Muqimiy” filmi uçun Anastasiya Suşuk
- “Eng yaxşi rassom işi” — “Muqimiy” filmi uçun Alişer Umrzoqov.
- “Eng yaxşi kino bastakori” — “Tutqunlik” filmi uçun Dmitriy Yanovyanovskiy.
- “Eng yaxşi ssenariy” — “Hayrat” filmi uçun Zulfiqor Musoqov.
- “Eng yaxşi operatorlik işi” — “Hayrat” filmi uçun Azizbek Arziqulov.
- “Eng yaxşi rejissyorlik işi” — “Hayrat” filmi uçun Zulfiqor Musoqov.
- “Eng yaxşi ayol roli” — “Ayol qismati” filmi uçun Ra’no Şodiyeva
- “Eng yaxşi erkak roli” — “101 reys” filmi uçun Hoşim Arslonov.
- “Tomoşabin mehrini qozongan film” — “Baron 2. Soğinç.”
- “Eng yaxşi film” — “Ayol qismati”
Ğoliblar “Oltin Humo” maxsus statuetkasi va 25 million söm miqdordagi pul mukofoti bilan taqdirlandi.






