«Royal Brunei Airlines» aviakompaniyasi bilan Özbekistonga charter va muntazam havo qatnovlarini birgalikda amalga oşiriş, «Ziyorat turizmi» dasturi doirasida hamkorlikni yölga qöyiş masalalari, şuningdek, respublika aeroportlaridan tranzit xizmati maqsadlaridan foydalaniş imkoniyatlari körib çiqildi.

Ilyas Rori Teo «Royal Brunei Airlines» aviakompaniyasi özbekistonlik hamkorlar bilan özaro aloqalarni yölga qöyişdan manfaatdor ekanligini ma’lum qildi. Suhbatdoş «Royal Brunei Airlines» aviakompaniyasining Özbekistonga parvozlarini amalga oşiriş imkoniyati haqida ma’lumot berdi. Şu bilan birga, kompaniya tomonidan muntazam va charter havo qatnovlarining iqtisodiy samaradorligini örganiş zarurligi qayd etildi.

Uçraşuv yakunlari böyiça 2023 yil yanvar oyi boşida Transport vazirligi, «Özbekiston aeroportlari» AJ rahbariyati va «Royal Brunei Airlines» aviakompaniyasi örtasida hamkorlik istiqbollarini batafsil muhokama qiliş uçun onlayn uçraşuv taşkil etiş böyiça kelişuvga erişildi.