Oliy sud matbuot xizmati xabariga köra, davlat ayblovçisi sudlanuvçilarga ayblanayotgan moddalar böyiça ularning aybini yengillaştiruvçi va oğirlaştiruvçi holatlarni inobatga olgan holda qonunda belgilangan tartibda jazo tayinlaşni söragan.

Gazeta.uz naşrining sud zalidagi iştirok etgan manbasiga tayanib yozişiça, davlat ayblovçisi Nukus voqealaridagi boş gumondor Daöletmurat Tajimuratov va Lolagul Qallixanovaga mos ravişda 18 va 11 yil ozodlikdan mahrum etiş jazosini söragan.

Foto: Oliy sud matbuot xizmati
Foto: Oliy sud matbuot xizmati

Jinoiy işning qolgan 20 nafar a’zolaridan 18 nafariga kamroq muddatga ozodlikdan mahrum etiş jazosi, sudlanuvçilarning ikki nafariga esa ozodlikdan çeklaş jazosi söralgan.

Asosiy gumondor Daöletmurat Tajimuratovga moddalarning jamlanmasi hisobiga 18 yil, jurnalist Lolagul Qallixanovaga (Nukusda tartibsizliklar röy bergan kunlari va ungaça u Toşkent şahrida bölgan) —11 yil ozodlikdan mahrum etiş jazosi tayinlaş suddan söralgan.

Har ikki gumondorga tirkalayotgan ayblovda Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 159- (Özbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumiga tajovuz qiliş), 244- (ommaviy tartibsizliklar), 244-1- (jamoat xavfsizligi va jamoat tartibiga tahdid soladigan materiallarni tayyorlaş, saqlaş, tarqatiş yoki namoyiş etiş) va 104- (qasddan badanga oğir şikast yetkaziş) moddalari örin olgan.

Sportçi Azamat Turdanov 244-1-moddadan taşqari ayni moddalar bilan ayblanmoqda va unga 8 yilga ozodlikdan mahrum etiş jazosi tayinlanişi söralgan.

Foto: Oliy sud matbuot xizmati
Foto: Oliy sud matbuot xizmati

Axmet Smetullayevni 8 yilga, Daöletmurat Jiyemuratovni — 9 yilga, Baxtiyor Qadirbergenovni — 8 yilga, Bayram Seytniyazovni — 7 yilga, Allabay Tokimbetovni — 9 yilga, Qaharman Seytimovni — 6 yilga ozodlikdan mahrum etiş söralgan.

Azamat Nuratdinovga davlat ayblovçisi 7 yil, Saidabulla Medetovga — 7 yil, Nurlan Nayipovga — 7 yil, Pölat Şamşetovga — 7 yil, Razbek Bekmuratovga — 8 yil, Sultanbek Kaipovga — 8 yil ozodlikdan mahrum etiş jazosi tayinlanişini suddan söragan.

Pölat Nurniyazovni ayblov tomoni 6 yilga, Sayipnazar Kalimovni — 7 yilga, Nurlan Sultamuratovni — 5 yilga, Arislan Temirxanovni — 7 yilga va Amirbek Adilbekovni — 7 yilga ozodlikdan mahrum etiş söralgan.

Salamat Kalilayev va Berdax Genjyebayevga ayblov tomoni 3 yildan ozodlikni çeklaş jazosi tayinlanişini söragan.

Foto: Oliy sud matbuot xizmati
Foto: Oliy sud matbuot xizmati

Avvalroq Kun.uz’da sud majlisida davlat ayblovçisi (prokuratura) tomonidan öqib eşittirilgan ayblov xulosasining qisqaça mazmuni keltirilgan edi.